So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  3 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  1 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  9 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Timur Kapadze: "Paxtakor"ga qaraganda yaxshiroq o'yin namoyish etdik va haqli g'alabaga erishdik" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Paxtakor"ga qaraganda yaxshiroq o'yin namoyish etdik va haqli g'alabaga erishdik"

Coca-Cola Superligasining 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Olimpik" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


O'yin haqida

- Avvalambor, yangi mavsum boshlangani bilan barchani tabriklayman! O'ylaymanki, mavsum har taraflama yaxshi o'tadi. "Paxtakor"ga qaraganda yaxshiroq o'yin namoyish etdik va haqli g'alabaga erishdik. Uch ochko bilan yigitlarimizni tabriklayman. Bu bizga kelgusi o'yinlarda kuch bag'ishlaydi. 

- "Paxtakor"ga ustunlikni saqlab qolish qiyin bo'ldi, ayniqsa, 2-bo'limda...

- "Paxtakor" kuchli jamoa. Albatta, qaerdadir xato qildik va ulgurmagan vaziyatlarimiz bo'ldi. Bizda ham, raqibda ham qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. SHunga qaramasdan, oxirigacha bardosh bera oldik va g'alaba qozondik.

- Birinchi bo'lim yakunlangach, Mirsaidov va Turg'unboevga nima dedingiz?

- Maydon ichidagi narsa maydon tashqarisiga chiqmasligi kerak. Bir-biridan xafa bo'lmasligi uchun ularni yarashtirib qo'ydim.

- "Olimpik" ko'pincha uzoq masofadan gol o'tkazib yuboradi. Bu muammo qachon hal bo'ladi deb o'ylaysiz?

- Yigitlar hali yosh. Bu bo'yicha ish olib borilyapti. Albatta, bunday holatlar uchrab turadi. Standartga kelsak, o'yinlarda uchrab turadigan holat sanaladi. Ikkinchi gol sodir bo'lgan vaziyatni esa qayta ko'rib chiqamiz va darvozabonlar murabbiyining fikrini ham tinglaymiz.

- Rahbariyat jamoaga alohida maqsad qo'yganmi?

- Biz har doim yuqori maqsadlarni ko'zlaymiz. SHunga yarasha ish olib boramiz, yakunda natija qanday bo'lishini vaqt ko'rsatadi.

- Jasur Jaloliddinov pressinglarda unchalik qatnashmasligini inobatga olsak, "Olimpik" unga moslashadimi yoki u "Olimpik"kami?     

- Jasurni hammamiz yaxshi bilamiz. U o'z o'yinini ko'rsatsa, jamoaga foyda keltiradi. U ham jamoaga, jamoa ham unga moslashishi lozim. Jasur jismoniy tarafdan kuchayib boradi degan umiddaman. 2-3 turdan keyin umuman boshqa Jasurni ko'ramiz deb o'ylayman. 

- Jaloliddinovni yangi poziciyada o'ynatdingizmi?

- U o'z vazifasini to'liq bajara oldi. Jasurning o'ziga xos xislatlari bor. Biz bundan foydalanishimiz joiz. Jaloliddinov terma jamoaning ham etakchilaridan biri sanaladi. U maydonda malum vazifalarni bajardi.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика