So’nggi yangiliklar

22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  7 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  6 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0

Timur Kapadze: "O'yinda eng qiyini gol urish" Yangiliklar

Timur Kapadze: "O'yinda eng qiyini gol urish"

Toshkentning "Olimpik" klubi Pro liganing ikkinchi turida o'z maydonida "Oq-tepa"ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng jamoa murabbiyi Timur Kapadze fikrlarini bildirib o'tdi.

"Neftchi" bilan bahsdan so'ng bugungi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. Raqibni qanday o'ynashidan xabarimiz bor edi, ularni o'rgangandik. Tarkibida yaxshi saviyadagi futbolchilar bor, ayniqsa markazdagi kolumbiyalik futbolchisini ajratib ko'rsata olaman. SHuning uchun yigitlarni ushbu uchrashuvga har tomonlama tayyorlashga harakat qildik. Ko'rganingizdek o'yinimiz yaxshi chiqdi. To'g'ri, qaysidir pallada bo'shliqlar yuzaga kelgan bo'lishi mumkin. Umuman olganda futbolchilar yaxshi o'yin namoyish qilishdi. Ko'p vaziyatlar yaratdik. Ulardan foydalanishda ayrim holatlarda tajriba etishmasligi o'z so'zini aytdi. Xatolarni tahlil qilib, ustida ishlaymiz. O'ylaymanki, o'yindan o'yinga harakatlarimiz yanada yaxshilanib boradi. O'ziga bo'lgan ishonchi ortib boradi.

- Jamoaviy o'yin raqib jarima maydonchasiga kelganda yo'qolib qolyapti...
- Maydon biroz quruqroq bo'lgani uchun ko'p vaziyatlarda to'p to'xtab qolaverdi. O'yinda eng qiyini gol urish. Jarima maydonchasiga kelganda futbolchilarga xotirjamlik va tajriba etishmadi. Yosh futbolchilar bunda o'yinlarda toblanishadi.

- Siz odatda jamoaviy o'yinni yo'lga qo'yasiz. Ammo bugun futbolchilar individual jihatlarini namoyish qilish istagi ustunlik qilgandek ko'rindi...
- Himoyalanayotganimizda jamoaviy harakatlar muhim hisoblanadi. Oldingi chiziqda esa individual harakatlar katta sahnaga chiqadi.  Futbolchilarga har doim raqib borligini, aql bilan to'p tepish kerakligini takidlayman. Himoyadagi individual xatolar o'zini oqlamasligi mumkin. Lekin oldindagilar aldab xato qilsa boshqa gap. Lekin qaerda aldash kerak yoki to'pni uzatish kerakligini tushuntirib, ongiga singdirib boryapmiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика