So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

Timur Kapadze: "O'tish o'yiniga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz" Yangiliklar

Timur Kapadze: "O'tish o'yiniga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz"

Pro-liganing 24-turidan o'rin olgan "Nurafshon" - "Olimpik" (3:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Qo'lga kiritilgan 3-o'rin bilan jamoamiz azolari va muxlislarini tabriklayman. Superligaga o'tish o'yinida ishtirok etamiz. "Nurafshon" o'z oldiga aniq vazifa qo'ygan klub, shu sabab bugungi o'yin oson o'tmasligini bilardik. Ularga kelgusida omad yor bo'lishini tilayman.

Bu kabi o'yinlar bizga katta tajriba bermoqda. G'alaba uchun kelgandik va buning uchun oxirigacha harakat qildik. Yigitlar bunaqa o'yinlar orqali ham ruhan, ham jismonan o'sib borishadi. O'tish o'yiniga tayyorgarlikni boshlaymiz. Superliga oxirgi turida raqibimizni bilib olamiz.

- Mavsumdan qay darajada ko'nglingiz to'ldi?

- Bizda yosh yigitlar bor edi va maqsadimiz ularni yanada yuqori darajaga olib chiqish bo'lgan. Yosh futbolchilar o'sayotgan davrda ularni kuchli futbolchi sifatida kamol toptirish uchun shu kabi chempionatdagi ishtirok qo'l keldi, albatta. O'ylaymanki, biz maqsadimizga erishdik.

“Oq-tepa" jamoasining Pro-ligani tark etishi evaziga 6 ochko yo'qotdik. Bundan tashqari, o'yinlar soni ham kamayib qoldi. To'g'ri, kubok uchrashuvlarida ham ishtirok etdik va o'zimiz uchun muhim o'yinlarni o'tkazdik.

- O'tish o'yinida qaysi jamoa bilan to'qnash kelishni istagan bo'lardingiz?

- Hozir Superligada jiddiy kurash kechmoqda. Barchasi so'nggi turda hal bo'ladi. Kim raqib bo'lsa ham 2 dekabr kuni muxlislar chiroyli o'yin ko'rishadi. To'g'ri, orada bizda bir oz tanaffus bo'ladi, lekin bu o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика