So’nggi yangiliklar

19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  6 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  1 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  1 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  7 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3

Timur Kapadze: "O'tgan o'yindagidan ko'ra bu safar yaxshiroq himoyalandik" Yangiliklar

Timur Kapadze: "O'tgan o'yindagidan ko'ra bu safar yaxshiroq himoyalandik"

O'zbekiston Kubogi 3-turi doirasida "Navbahor" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Olimpik" bosh murabbiyi Timur Kapadze o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- Jamoamni g'alaba bilan tabriklayman. Yaxshi o'yin bo'ldi, yigitlar yaxshi o'yin ko'rsatishdi, oxirigacha kurashishdi. Eng asosiysi - g'alaba qozondik. 3 kun oldin Namanganda mag'lub bo'lgandik, ushbu o'yinni yaxshi taxlil qilib chiqdik. Bir jamoa bilan ketma-ket o'ynash oson emas. Lekin yigitlar o'zini ko'rsatib, o'tgan o'yindagi mag'lubiyatni o'rnini bosa olishdi. Ikkala jamoa ham bugun yaxshi o'yin ko'rsatdi.

- O'tgan o'yindagi xatolar ustida ishlangani g'alabaning asosi bo'ldi, desa bo'ladimi?

- Albatta. Ilk navbatda, "Navbahor" bilan ketma-ket ikki o'yin o'tkazish oson emas. Bugungi o'yinga tayyorlanish uchun ikki kun vaqtimiz bor edi. Ayrim vaziyatlarda ishlar o'xshadi, bazilarida esa yo'q. Raqiblar darvozamiz oldida vaziyatlar yaratganida biz to'g'ri himoyalandik. O'tgan ikki kun davomida o'yinni to'g'ri taxlil qilib bordik. O'sha kungidan ko'ra, bugun yigitlar yaxshiroq o'yin ko'rsata olishdi. O'tgan safargidek o'yin qilganida bu safar yigitlar to'g'riroq yo'nalishda ishlashdi. SHuningdek, futbolchilarim raqibning nozik nuqtalarini bilishardi va bundan foydalanishga harakat qilishdi.

- Bugungi g'alaba futbolchilarning ruxiy holatiga qanchalar muhim edi?

- "Navbahor" ustidan qozonilgan g'alaba qandaydir manoda yigitlar ruxiy holatiga ijobiy tasir qiladi. O'tgan o'yinda ham yigitlarning yaxshi o'yin ko'rsatgan joylari bo'ldi. Mag'lub bo'lganingizdan keyin istaysizmi yo'qmi, ishonch biroz yo'qolib qoladi. G'alaba esa ishonch olib kiradi. Bu chempionat bo'ladimi yoki kubok, farqi yo'q. Bugungi g'alaba yigitlarning ruxiy holatiga yaxshi tasir ko'rsata oladi.

- Bugungi bahsda futbolchilaringiz oddiy vaziyatlarda ham erga yiqilib olganini qanday izohlaysiz?

- Qaysi vaziyatlarda? Demak, og'rigandir, kimdir tepgandir, joni og'rigandir. Yigitlarimda men simulyaciya holatlarini ko'rmadim. Balki, bazi joylarda qo'pollik bo'lgandir. Balki, jarima zarbasiga mos bo'lmagan kontakt bo'lgandir. "Navbahor"dagi o'yinni ko'rgan bo'lsangiz, u erda "Navbahor" futbolchilariga ikki marta qizil kartochka ko'rsatilishi kerak edi. Golban jarima maydonchasi ichida futbolchimizni qo'li bilan urgan joyi bor. Boltaboev birinchi bo'limda futbolchimizni ikki martalab tepgan joyi bor. Hozir ham o'sha futbolchilarning oyog'i ishib ketgan. Hech kim indamadi. Nima qilish kerak? Bugungi o'yinda hakam barcha vaziyatga yaqin bo'ldi. Boriga chaldi, yo'g'iga o'yin berdi. Umuman olganda men kurashlarga beradigan qarorlar tarafdoriman. Yoshlarimiz o'ynagan jahon chempionatiga qaraydigan bo'lsak, u erda hakamlar kurashlarga berishmoqda. Bizda ham shunday bo'lishi kerak. CHunki biz kelgusida terma bilan musobaqalarga borsak, bunday holatlarga tayyor bo'lishimiz kerak. Lekin qo'pollikka yo'q. "Navbahor" bilan Namangandagi o'yinda raqiblar qo'pol o'ynadi, jarohatlar bo'lishi ehtimoli katta edi. Buning ortidan futbolchilar nafaqat ruxan sinishi mumkin, balki, keyinchalik termadagi kelajagiga ham tasir o'tkazishi mumkin. Albatta, bu futbol. Biroq hakamlar qo'pollikni ham, o'yinga berish kerakligini ham bilishi kerak. Bu ularning saviyasini bildiradi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика