So’nggi yangiliklar

22:35U-17 Осиё Кубоги. Ўзбекистоннинг чорак финалдаги рақиби аниқ бўлди(ми)?  2 21:59"Барселона" Флик билан шартномани узайтирмоқчи  0 21:35Эрон. "Истиқлол" ўз майдонида "Фулад"га мағлуб бўлди  2 21:03Конференциялар лигаси. "Легия" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 20:50"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси А Серияга қайтиши мумкин  1 20:24"Барселона" собиқ устози: "Бундай ҳолатлардан фақатгина "Реал" чиқиб кета олади"  17 19:55"Тоттенхэм" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  3 19:31Де Брюйнега Саудия Арабистонидан йилига 24 млн евро таклиф қилишди  2 18:12Анчелотти "Реал"дан кетгач, Италияга қайтиши мумкин...  11 17:45Осимхен қанча маош сўраётгани маълум  1 17:23"Арсенал" икки ёш иқтидори билан янги шартнома имзоламоқчи  1 16:47Винисиус 1 миллиардлик таклифни рад этди  3 16:25Игорь Сергеев: "Терма жамоадан чақирув? Қўлимдан келганича ҳаракат қиламан"  25 15:54"Пахтакор" - ОКМК учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 15:25Муҳаммадали Ўринбоев: "Пахтакор" – чемпион жамоа. Шундай экан, Кубокда охиригача курашамиз"  5

Timur Kapadze: "Osiyo o'yinlariga tarkib shakllantirishda "Nasaf" va "Paxtakor" bilan kelishdik. Ular bir-ikki futbolchiga qarab qolmagan" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Osiyo o'yinlariga tarkib shakllantirishda "Nasaf" va "Paxtakor" bilan kelishdik. Ular bir-ikki futbolchiga qarab qolmagan"

U-23 Osiyo kubogi saralashining 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Eron (1:0) uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze va yarim himoyachi Abbos Fayzullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida...

- Ilk navbatda, barchani g'alaba bilan tabriklayman. Stadionga tashrif buyurgan muxlislarga alohida minnatdorchilik bildiraman. O'ylaymanki, televizor orqali ham minglab muxlis bizni qo'llab-quvvatlashdi. Buni sezdik. Bu tarafdan minnatdormiz. O'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Afg'oniston va Gongkongni osonlik bilan mag'lub etdik, biroq Eron kuchli ekanligini bilardik. Bu jamoa bilan birinchi o'rin uchun kurashdik. Raqibga deyarli imkoniyat bermadik. O'yinga ertaroq nuqta qo'ysak bo'lardi. O'ylashimcha, shogirdlarim har bir poziciyada raqibga imkoniyat bermadi. Eronga keyingi o'yinlarda omad tilayman.

Abbos Fayzullaev: Barcha o'zbek xalqini g'alaba bilan tabriklayman. Qiyin o'yin bo'lishini bilardik. O'yindan oldin Eronning kuchli va kuchsiz taraflarini o'rgandik va shunga yarasha tayyorlandik. Muxlislarning qo'llab-quvvatlovi katta kuch berdi. Birinchi o'rin bilan chiqish asosiy vazifamiz edi, buni uddaladik.

- Yaqinlashib kelayotgan Osiyo o'yinlarida mana shu tarkibga ishoniladimi yoki boshqalarga imkon beriladimi?

- Imkoniyat bo'lganda, ushbu tarkibdan foydalansak yaxshi bo'lardi. Biroq musobaqa FIFA kunlariga to'g'ri kelmagani sababli legionerlar xizmatidan deyarli foydalana olmaymiz. Klublar bilan aloqadamiz. Husaynda muammo yo'q, "Alaniya" ruxsat bermoqda, Ruslanda ham vaziyat yaxshi, qolganlar bilan esa biroz muammo mavjud. Qolganlar mahalliy chempionatda to'p tepadigan o'yinchilar bo'ladi. Klublar bilan kelishganmiz. Turnirga eng kuchli tarkib bilan borishga harakat qilamiz. Terma jamoa oldiga har qanday musobaqada yuqori maqsad qo'yiladi.

- To'rtta klubimiz Osiyo CHempionlar ligasida ishtirok etadi. Ularning o'yinchilari terma jamoaga jalb qilinsa, mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan klublar uchun katta yo'qotishga sabab bo'lmaydimi? 

- SHunday. Lekin biz borada PFL bilan ham, jamoa murabbiylari bilan ham kelishganmiz. Ro'ziqul Berdiev bilan ham, Maksim SHackix bilan ham gaplashdik. Ularda etarli o'yinchilar bor. Bir-ikkita futbolchiga qarab qolmagan deb o'ylayman. Ularning klublaridagi o'rni yaxshi, biroq bizdagi vazifa boshqacha. Klublar buni to'g'ri tushunishdi. Biz olmoqchi bo'lgan futbolchilarsiz ham harakat qila oladi. Bunga imkoniyati etarli.

- Lekin bu yo'qotish klublarga ham pand berishi mumkin. Jamoa ixtiyorida 23 yoshdan yuqori bo'lgan uch nafar futbolchi olish imkoniyati bor. OCHLda ishtirok etadigan jamoalarga tegishli OTJ futbolchilari o'rnini katta yoshlilar bilan to'ldirish mumkin. O'z klubida etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan tajribali futbolchilarimiz bor...

- Buni imkoni yo'q. CHunki biz bir yil avval ro'yxat shakllantirganmiz. SHu bois, hatto yosh o'yinchilarni ham jalb qilolmadik. Osiyo o'yinlari uchun keng qamrovli ro'yxat shakllantirilgan. SHu bois, yoshi kattalar tugul, keyinchalik zo'r o'yin ko'rsatgan yoshlardan ham foydalana olmaymiz. Vaziyat shunaqa. O'zgartirish imkoniyatimiz yo'q. 

- Osiyo o'yinlaridagi minimum vazifa?

- CHempion bo'lishga harakat qilamiz. Bu turnir ham katta tajriba bo'ladi. Vatanimizga chempion bo'lib qaytish niyatidamiz.

- O'yin davomida, adashmasam, Abduqodir Husanovga ikki marta sariq kartochka ko'rsatildi. Buni sezdingizmi?

- To'g'risi, bunga tushunmadim. Agar u chetlatilganda, almashtirish amalga oshirmoqchi edik. Balki hakam xato qilgandir. Biroq unga sariq kartochka ko'rsatilishi kerak emasdi. Hakam o'yinni yaxshi boshqara olmadi. SHunga qaramay, g'alabaga munosib ekanligimizni ko'rsata oldik. 

- Abbos, Evropada, asosan, zaxirada qolib ketyapsiz, buning sababi nimada deb o'ylaysiz?

- Evropaning kuchli chempionatlarida raqobat kuchli bo'ladi. Raqobatda engib chiqqan odam tarkibda o'ynaydi. Asosiy tarkibga kirish uchun harakat qilaman.

- Muxlislar uchun erkatoyga aylandingiz, bu ortiqcha bosim bo'lmaydimi?

- Bosimni his qilmayman. Xarakterim shunaqa.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика