Timur Kapadze: "Olimpik" jamoasiga bugungi kabi o'yinlar tajriba bo'layapti"
03 iyu 2021 22:03
Yangiliklar
Timur Kapadze: "Olimpik" jamoasiga bugungi kabi o'yinlar tajriba bo'layapti"
O'yin haqida
- Birinchi navbatda "Dinamo" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yin haqida aytadigan bo'lsam, qiyin uchrashuv o'tkazdik. Issiq ob-havo tufayli birinchi bo'limda yigitlar qiyinchilikka duch kelishdi. Biz ham, raqib ham ko'p kuch sarfladik. Afsus birinchi bo'lim oxirida gol o'tkazib yubordik. Umuman aytganda birinchi bo'limda yigitlarning harakatlaridan qoniqish hosil qildim.
"Dinamo" jamoasi bugungi o'yinda yaxshi harakat qildi. Ularning tayyorgarligi yaxshi bo'lgani ko'rinib turibdi. Afsus standart vaziyatdan gol o'tkazdik, bu gol samarqandliklarga g'alaba keltirdi. O'yin durang yoki bizni g'alabamiz bilan tugashi ham mumkin edi. Omad "Dinamo" tomonida bo'ldi.
- Bugungi bahs yuqori tempda o'tdi deb aytsak bo'ladi. Yosh futbolchilarni kuchli jamoalar bosimiga moslashish jarayoni qanday kechayapti?
- Bu ayni biz kutgan jarayon. Bizga shu kabi bosim kerak. Oldimizda yuksak vazifalar turibdi. "Olimpik" jamoasiga bugungi kabi o'yinlar tajriba bo'layapti. O'ylayman-ki, bu kabi bellashuvlar yigitlarga kelajakdagi vazifalar uchun poydevor vazifasini o'taydi.
- Jismoniy jihatdan jamoangiz yaxshi ko'rinmadi. Balki Ukraina safari o'z tasirini ko'rsatgandir?
- Balki shuning ham tasiri bordir. Safar, yo'l charchoqlari tasir ko'rsatgandir. Bu erda asosiy urg'uni ob-havoga qaratgan bo'lardim. Birinchi bo'limda o'yin tempi yaxshi edi, katta kuch aynan birinchi bo'limda yo'qotildi. Yo'l alomatlari balki sezilgandir. Zaxiradan tushgan o'yinchilar o'yinni kuchaytirdirdi deb o'ylayman. Fojea yasash kerak emas, xato va kamchiliklardan xulosa chiqaramiz. Oldimizda "Neftchi"ga qarshi bahs kutib turibdi. Undan keyin "Oq-tepa", "Buxoro" kabi jiddiy jamoalarga qarshi o'yinlar kutib turibdi.
Fikrlar