Timur Kapadze: "Odatda so'nggi ikki tur uchrashuvlari bir kunda va bir vaqtda boshlanardi"
13 noy 2021 17:30
Yangiliklar
Timur Kapadze: "Odatda so'nggi ikki tur uchrashuvlari bir kunda va bir vaqtda boshlanardi"
"G'alaba bilan tabriklayman. "Dinamo"ga qarshi bu yil barcha o'yinlar qiyin o'tdi. Qaysidir joyda maydon holati chiroyli o'yin ko'rsatishga to'sqinlik qilgandir. Umuman olganda kurashlar ko'p bo'ldi. Muhimi g'alaba qozondik. Endilikda navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz",- deydi Timur Kapadze.
- Ertaga "Neftchi" "Nurafshon" bilan o'ynaydi. Ikki uchrashuv bir vaqtga qo'yilishi kerak emasmidi?
- Odatda so'nggi ikki turlar bir kun va bir vaqtda boshlanardi. Lekin nima uchun o'yin ertaga qo'yilgan bilmayman. O'ylaymanki, "Neftchi" o'z maydonida g'alaba uchun kurashadi. Bu jamoani o'z nomi bor.
- "Dinamo" futbolchilari bugun 90 daqiqa davomida yugurishdi va yaxshi harakat qilishdi...
- Balki "Buxoro"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin muxlislari oldida g'alaba uchun harakat qilishni o'ylashgandir. Maydonda ikki jamoa ham oxirigacha kurashdi.
Fikrlar