So’nggi yangiliklar

14:46Қатар Россия билан ўйинда стадион иссиқ бўлмаслигига ишонтирди  0 14:15Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон МТЖ 2 карра жаҳон чемпиони билан ўйнайди   5 13:55Арманистон асосий стадиони майдонини Женнифер Лопес концертидан 1 ой ўтмай тиклашга эришди  9 13:36Германия терма жамоаси 2001 йилдан бери илк бор Жаҳон чемпионати саралашида гол уролмади  3 13:09Қирғизистон Ўзбекистон билан ўйин олдидан 2 та йўқотишга эга  10 12:41IShowSpeed Қозоғистонга келади  1 12:14"Барселона" келаси ёз учун иккита топ-трансферни режалаштирган  1 11:33Месси Жаҳон чемпионатида қатнашадими?   15 10:47Юлиан Нагельсман кечаги мағлубиятдан сўнг шогирдларини кескин танқид қилди  3 10:15МЮ Онанани ижарага бериши мумкин  3 09:40Бразилиялик бизнесмен бутун бойлигини Неймарга қолдирди  20 09:20Италия терма жамоасининг собиқ устози "Фенербахче"ни бошқаришга асосий номзод  4 09:00Месси ўйиндан олдин кўз ёшларини тўхтата олмади. Баҳс якунидан сўнг мухлислар билан хайрлашди  10 08:35ЖЧ-2026. Яна учта терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  10 08:06CAFA Nations Cup. Бугун Қирғиз Республикасига қарши майдонга тушамиз  12

Timur Kapadze: “OCHLda g'olib bo'lamiz deb katta gapira olmayman” Yangiliklar

Timur Kapadze: “OCHLda g'olib bo'lamiz deb katta gapira olmayman”

Toshkentning “Lokomotiv” klubi Saudiya Arabistonining “Al Taavon” klubiga qarshi 20 fevral kuni bahs olib boradi.

Ushbu uchrashuv oldidan “Lokomotiv” klubi sardori Timur Kapadze o'z fikrlarini bildirdi.

“Avvalambor reja asosida ikkita xorijiy yig'in o'tkazdik. Ushbu xorij yig'inida 5-6 ta jamoalarga qarshi nazorat uchrashuvlarini o'tkazdik. OCHLning guruh bosqichidagi Saudiya Arabistonining “Al Taavon” klubiga qarshi ilk uchrashuvga yaxshi tayyorlandik, deb o'ylayman.

O'yinimizda qanday kamchiliklar borligini “Al Taavon”ga qarshi bahsdan so'ng bilib olamiz. Bizning birgina kamchiligimiz, o'yin amaliyotimiz kamligidi. CHunki hozir Saudiya Arabistoni chempionati ayni qizg'in pallaga kelgan. Biz esa ilk rasmiy o'yinimizni o'tkazamiz. Bu jamoa biz uchun yangi raqib, nafaqat biz uchun O'zbekiston uchun ham yangi jamoa.

Ularning 3 ta uchrashuvini ko'rib chiqdik, murabbiylar bizga ularni kuchli va kuchsiz taraflarini ko'rsatishdi. Umuman olganda o'z o'yinimizni ko'rsata olsak kerakli bo'lgan natija bilan qaytamiz. Taktikamizda o'zgarishlar deyarli bo'lgani yo'q.

OCHL musobaqasida rahbariyat oldimizga katta vazifa qo'ygan. Bu degani rahbarlar bizga ishonch bilan qarashmoqda. Biz ham mana shu ishonchga javoban vazifani uddalashga harakat qilamiz. To'g'ri biz g'olib bo'lamiz deb katta gapira olmayman. Buning uchun katta hajmdagi ishni olib boramiz. Har bir uchrashuvda g'alaba qozonishga va bosqichma-bosqich ko'tarilib borishga intilamiz. Oldimizdagi birinchi vazifa guruh bosqichidan chiqish”, - deydi “Lokomotiv” klubi sardori Timur Kapadze.

Jahongir Sotvoldiev

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика