So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  0 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  2 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  1 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  1 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  74 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  3 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

Timur Kapadze: "Navbahor" gol urib, g'alaba qozondimi, demak bunga haqli ekan" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Navbahor" gol urib, g'alaba qozondimi, demak bunga haqli ekan"

"Navbahor" - "Olimpik" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar murabbiyi Timur Kapadze o'z fikrlarini bildirdi.

- Albatta, birinchi navbatda, "Navbahor"ni g'alaba bilan tabriklayman, jamoaga keyingi o'yinlarda omad tilayman. Kuchli raqibga qarshi o'ynaganda, kamchiliklarni ko'rib olish mumkin. Bugun futbolchilarimiz ancha yaxshi to'p surishdi. Superliga jamoasiga qarshi bahsda yigitlarimiz yomon to'p tepishmadi. Bunday o'yinlar futbolchilarimizga ham, o'zimga ham tajriba vazifasini o'taydi, - dedi Timur Kapadze.

- Oldimda katta vazifa turibdi, Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyiman. Kelajak uchun poydevorni shu yoshlar bilan quramiz. Hozirgi vazifam shu yoshlarni yanada rivojlantirish, kuchaytirish, bundan barcha klublarimiz va terma jamoalarimiz yutadi. Hozir o'zimning tanlagan yo'lim bor, Xudo xohlasa, Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritmoqchimiz. Boshqa jamoalarda ham termamiz vakillari o'ynashmoqda. Termaga nomzodlar qancha ko'p bo'lsa, bundan jamoamiz yutadi, albatta. SHu bois, klublardan turli takliflar bo'lishiga qaramay, bunga etibor qaratmayapman. CHunki maqsadim mutlaqo boshqa

- Fevral oyigacha futbolchilarni kuzatdim, jamoasiz yigitlarni "Olimpik" tarkibiga taklif qildik. Uch oy o'tdi, futbolchilar ancha o'sishdi. Superligadan ham o'yinchilarimizga takliflar bor. Bundan xursand bo'laman, ularning oliy divizionda to'p tepishlaridan mamnun bo'lishim aniq.

- Uch oy mobaynida futbolchilarning fel-atvoridan boshlab, boshqa jihatlarigacha ancha xabardor bo'ldim. Ularning kamchiliklarini aniqlab, bu borada ishlayapmiz, ovqatlanish jarayoni, professionallik borasida alohida ishlayapmiz. Taomnomalarni ham zarur tartiblar asosida tuzib chiqyapmiz. Rahbariyat bizga har tomonlama shart-sharoit yaratib bermoqda. Albatta, Olimpiya termasi futbolchilarining bir tarkibda bo'lishlari men uchun qulay bo'lardi. Lekin ayrim o'yinchilarning Superliga jamoalarida o'ynashayotgani ham biz uchun foydali. Birinchi davradan keyin jamoasida o'yin amaliyotisiz qolib ketayotganlarni yana tarkibga jalb qilishimiz mumkin.

- Jamoamizga homiylik qilish istagida bo'ladiganlar ko'p. Asosiy homiy albatta, Milliy Olimpiya qo'mitasi.

- "Navbahor" gol urib, g'alaba qozondimi, demak jamoa g'alabaga haqli ekan, - deya fikrlarini yakunladi Timur Kapadze "Navbahor" matbuot xizmatiga.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика