Timur Kapadze: "Mag'lubiyat, durang endi g'alaba qozonish vaqti keldi"
05 mar 2015 12:09
Yangiliklar

Timur Kapadze: "Mag'lubiyat, durang endi g'alaba qozonish vaqti keldi"
OCHL 2-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Fulad" (1:1) uchrashuvidan so'ng Timur Kapadze o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yin qiyin bo'ldi, birinchi bo'limda hisobni ochdik, hammasi yaxshi ketayotgandi. Hisob 1:0 bo'lib turganida to'pni o'zimizda saqlab turishimiz kerak edi. Ammo ikkinchi golni urishga urindik va qarshi hujumlarni o'tkazib yuboraverdik. Burchak to'pidan so'ng rikoshet tufayli gol qo'yib yubordik. Ularga esa bu kerak edi. Ikkinchi bo'limda "Fulad" faqat qarshi hujumda o'ynadi. Vaziyatlar yaratdik, ammo ikkinchi golni urolmadik. Raqib posboni ham yaxshi o'ynadi.
Guruh bosqichi endi boshlandi. Ularda mavsumning o'rtasi, bizda esa mavsum endi boshlanmoqda. Keyingi o'yinlarda yanada yaxshiroq o'ynaymiz. O'tgan tur yutqazgandik, bugun durang bo'ldi, xudo xohlasa keyingi o'yinda g'alaba qozonamiz", - deydi Timur Kapadze.

Fikrlar