So’nggi yangiliklar

21:15Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" ўз майдонида "Динамо"га мағлуб бўлди, "Андижон" гуруҳда қолиб кетди  11 20:55Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" ўз майдонида йирик ғалаба қайд этди  1 20:35Александр Хомяков: "Футболда ишонч ва хоҳиш кўп нарсани ҳал қилади"  17 20:18Учта ўйинда 14:1, саудияликлар фойдасига. ОЧЛ Элит кубоги Саудияда қоладими?  5 19:34"Барселона" "Байер" футболчисини Испанияга қайтармоқчи  1 19:12Ўзбекистон кубоги. "Андижон" сафарда "Лочин"га ютқазиб қўйди   89 18:1019 ёшли посбон, "Насаф" футболчиси, ОКМКни ютган мураббий ва Ўзбекистон МТЖ аъзоси — Суперлигада 7-турнинг энг яхшилари   6 17:55"Челси" сал кам 100 миллион долларга сотиб олган футболчиси билан хайрлашишга тайёр  2 17:25"Реал" етакчиларидан бирининг келажаги борасида қарор қабул қилди  1 16:46Футзал. Ўзбекистон кубоги чорак финал ўйинлари тақвими маълум  0 16:10"Реал" Анчелоттига янги "лавозим" таклиф қилади  22 15:48"Бунёдкор" - ОКМК учрашувидан галерея  0 15:29Иззатов, Ғуломов, Бозоров, Собиров ва бошқалар ... Суперлига 7-тур рамзий терма жамоаси   2 15:06Ўзбекистон кубоги. Гуруҳ босқичидан кейин тўпурарлар пойгасида вазият қандай?  0 14:25"Челси" туркиялик футболчи учун 100 млн евро беришга тайёр  7

Timur Kapadze kibersportga munosabati haqida gapirdi Yangiliklar

Timur Kapadze kibersportga munosabati haqida gapirdi

O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq azosi, bugungi kunda "Lokomotiv" U-21 jamoasi murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan Timur Kapadze bugun poytaxtimizda yangi ochilgan "Fidanza" geym-klubi ochilishida ishtirok etdi.

Mutaxassis tadbir davomida kibersportga munosabati haqida gapirib o'tdi. 

"Bugun yurtimizda katta kompyuter klubi ochildi. "Fidanza" geym-klubining ochilish marosimida ishtirok etdim va bundan xursandman. Bu erda kiberfutbolchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan ekan. 

Kibersportni haqiqiy sport bilan solishtiradigan bo'lsak, bu erda ham to'qnashuvlar mavjud. Ammo, yoshlarimiz shu bilan birga sport to'garaklariga borib, haqiqiy sport bilan shug'ullanishni ham esdan chiqarib qo'ymasliklari lozim. 

To'g'ri, bu ham albatta o'ziga yarasha zavq beradi. O'ylaymanki, O'zbekistonda kibersport yanada rivojlanadi va yurtimizni jahonga yaxshi tomonlama tanitib, katta yutuqlarga erishishadi", - dedi Timur Kapadze. 


Malumot uchun, yangi ochilgan "Fidanza" elektron sport majmuasi 1000 kv.metr maydonda bunyod etilgan va bu erda 160 kompyuter va PlayStation o'rnatilgan 10 kabinka o'rin olgan. SHu bilan birga to'laqonli kafe-bar va dam olish zonalari tashkil etilgan.


Tadbir davomida shuningdek, boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Abdulhay SHorahmatov va taniqli sport sharhlovchisi Davron Fayziev ham ishtirok etdi. 

"Ushbu "Fidanza" geym-klubi ochilishida ishtirok etganimdan xursandman. Klubda sharoitlar yaxshi. Bu erda kibersport bo'yicha katta musobaqalar ham o'tkazsa bo'lar ekan. Umid qilamanki, aynan shu erdan kibersport bo'yicha iqtidorli sportchilar etishib chiqishiga umid qilib qolamiz. Endi biz bokschilar mashg'ulotlardan keyingi charchoqdan so'ng dam olish uchun, aynan shu erga kelib hordiq chiqaramiz", - dedi bokschi Abdulhay SHorahmatov. 


SHarhlovchi Davron Fayziev esa kuchli kibersportchilarni tayyorlashda, mana shunday arenalarning ahamiyati katta ekanligi haqida gapirdi. 

"Eng avvalo "Fidanza" klubining ochilish marosimida ishtirok etgan barchani tabriklamoqchiman. Bunday markazlarning o'zimizda ham ochilgani yaxshi bo'ldi. CHunki, yoshlar turli joylarga borib kompyuter o'yinlarini o'ynashga harakat qilishadi. Lekin, mana shunday zamonaviy qulayliklarga ega, hordiq chiqarish imkoniyatiga ega joyning barpo etilgani juda yaxshi bo'ldi.

Butun dunyoda geymer yoshlar turli katta turnirlarda ishtirok etishadi va g'olib chiqishadi. G'alaba qozonish uchun albatta yaxshi sharoitlarda tayyorgarlik ko'rish kerak. Bu nafaqat haqiqiy sport, balki kibersportda ham ahamiyatga ega. Yaxshi va zamonaviy texnikalar ham yaxshi ekan. SHahsan menga juda yoqdi. 

Juda ko'p o'ynamayman. Vaqt masalasida biroz muammolar bor. Lekin, o'ynagim kelib qolgan paytda aynan mana shunday sharoit bo'lishini istayman. Tinch muhit, alohida xonalar, yaxshi texnika... Bu erda ana shunday sharoitni ko'rdim", - dedi Davron Fayziev. 

 


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика