Timur Kapadze: "Bugun yutishimiz shart edi"
08 noy 2021 18:00
Yangiliklar
Timur Kapadze: "Bugun yutishimiz shart edi"
"Qiyin o'yin bo'ldi, deb o'ylayman. "Neftchi" bilan uchrashuvlar biz uchun doim murakkab kechgan. To'g'ri ular oldidagi vazifani bajardi. Lekin bunga qaramasdan yaxshi tayyorgarlik ko'rgani ko'rinib turdi. Biz ham uchrashuvga munosib hozirlik ko'rgan edik. Yutishimiz shart hisoblanardi. To'g'ri xato va kamchiliklar ko'p bo'ldi. Umuman olganda yigitlar yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Navbatdagi "Dinamo" bilan uchrashuvga tayyorlanamiz",- deydi Timur Kapadze.
- Asosiy darvozabon Vladimir Nazarovni zaxirada qoldirdingiz. Bu so'nggi paytlarda yo'l qo'ygan xatolari bilan bog'liqmi?
- Jamoamizda hamma darvozabon asosiy tarkibga nomzod. Ular o'sayotgan payt, imkoniyat beramiz. Bugun qo'riqlagan darvozabonimiz ham iqtidorli. SHunday o'sishda davom etishsa, kelajak uchun yaxshi bo'ladi.
- Bekzod SHamsievning jismoniy holati haqida...
- Jarohatdan keyin tiklanish jarayonini o'tkazdi. Sekin-asta avvalgi sport formasiga kirib boradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Расман: "Металлург" қайта тикланди
Fikrlar