So’nggi yangiliklar

00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  0 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  0 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  1 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  4 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  22 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2 18:32Сергей Лушчан "Навбаҳор" билан шартнома имзолади   26 18:19"Монако" клуб 100 йиллигига аталган сафар либосини тақдим этди  2

Timur Kapadze: "Bunday raqibga qarshi doimo to'g'ri futbol o'ynash kerak" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Bunday raqibga qarshi doimo to'g'ri futbol o'ynash kerak"

Coca Cola Superliganing 14-turida "Paxtakor"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Olimpik" bosh murabbiyi Timur Kapadze o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak, qiziq bo'ldi. Biz ham yaxshi o'yin ko'rsatdik. Yigitlar yaxshi futbol namoyish qilishga harakat qildi. Balki "Paxtakor" tezkor gol urib olgani uchundir, birinchi bo'limdanoq ko'p vaqt cho'zishlar bo'ldi. To'pni o'yinga kiritguncha, darvozabon darvozasi yonidan boshlaguncha ko'p vaqt o'tib ketdi. Albatta, "Paxtakor" bunday tarkibi bilan yanada yaxshiroq o'yin ko'rsatishi mumkin edi. Darvozabon o'yin yakuniga kelibgina sariq oldi, biroq u ikki bo'lim davomida shunday sekin o'ynadi. Hakam esa negadir sariqni o'yin so'ngida berdi. "Paxtakor" doimo o'yin tempini past ushlab turdi, biz esa tez o'ynay olmadik. "Paxtakor"ga navbatdagi uchrashuvlarda omad tilayman. Barchasini taxlil qilamiz. Ikkala golni ham o'z xatolarimiz sababli o'tkazib yubordik. Himoyada yigitlar yoshlik qilib qo'yishdi, bazi joylarida esa pozicion xatoliklarga yo'l qo'yishdi. Hozir qarab chiqdim, ikkala golni ham yo'qqa chiqarishimiz mumkin edi. Bizda ham yaxshi imkoniyatlar bo'ldi. Biroq bundan foydalana olmadik.

- Bugun tarkib tanlashda adashdim deb o'ylamaysizmi? CHunki bugun davralar oralig'ida kelgan yangilarning to'rt nafari asosiy tarkibda maydonga tushdi va SHahzod Akramovdan tashqari qolgan yangilar juda ko'p xato qilishdi. Birinchi golda Ibrohim Ibragimov xato qildi, keyin himoyachilarda xatolar ko'payib ketdi. 

- Yani, zaxiradagi kimni asosiyda tushirmasdan xato qildim? Fikringizga qo'shilmayman. Yigitlar yig'inlarda yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Raqib "Paxtakor". Ularga qarshi doimo to'g'ri o'ynash kerak. Qo'l ostimda bor tarkibdagi futbolchilarning eng yaxshilarini asosiyda o'ynatdim. Zaxirada ham yaxshilar bor. Ikkinchi davra endigina boshlandi. Ibrohimni bugunni o'ylab olmadik. U yaxshi futbolchi. Barchasidan to'g'ri hulosa chiqaramiz.

- Yozgi yig'inlar vaqtida Po'latxo'ja Xoldorxonov "Olimpik" bilan bo'ldi. Biroq ikkinchi davrani "Paxtakor"da boshladi.

- "Paxtakor" uni bermayapti. Klub uni bizga berganida juda yaxshi ish bo'lardi. CHunki "Paxtakor" hujumida futbolchilari juda ko'p. Po'latxo'ja u erda qancha o'ynaydi va qancha tajribaga ega bo'ladi, buni vaqt ko'rsatadi. Albatta, bizda bo'lganida u ko'proq o'ynagan bo'lardi. Bu esa biz uchun ham "Paxtakor" uchun ham yaxshi bo'lardi. Po'latxo'janing nimalarga qodirligini yaxshi bilamiz va uni termaga tayyorlashda ham doimiy o'yin amaliyotida bo'lishi juda muhim. 

- "Olimpik" raqibning qizil kartochkasidan foydalana olmadi va aynan shu sababli "Paxtakor" vaqt cho'zdi deb hisoblasak bo'ladimi?

- Bu ham tempni o'ldirdi. Ammo shunda ham biz tartibli o'ynasak bo'lardi. Bizda ham vaziyatlar bo'ldi, birinchi bo'limda ham, ikkinchi bo'limda standartlardan keyin. SHunchaki vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. "Paxtakor" sekin temp bilan o'ynab, o'z vaziyatini kutgani tushunarli. Lekin biz ham gol urishimiz kerak edi. Yomon emas, biz uchun foydali o'yin bo'ldi. SHunchaki bugun kam futbol o'ynalgani ko'nglimni biroz xira qildi. 

- Jamoadan ketgan SHamsiev va Toirov haqida savol bermoqchi edim. Ular "Surxon"ga o'tishdi. O'rtada kelishmovchiliklar bo'lmadimi?

- Yo'q, ularni o'zim "Surxon"ga berdim. Ular ko'proq o'ynashi kerak. Barchasini kuzatib boraman. "Surxon" ularga ko'proq o'yin amaliyoti berilishini vada qildi. Biroq ularning "Surxon"da ko'p o'ynashi ham fakt emas. Balki zaxirada ham qolib ketishi mumkin. Ularning o'rniga yoshlarni oldim, biroq ushbu futbolchilar o'ynashi kerak. SHu sababli "Surxon"ga berdim. 

- Bu mavsumda ikki darvozabonning xizmatidan foydalanyapsiz. Ammo ular juda ko'p qo'pol xato qilishmoqda. SHukron Yo'ldoshev birinchi davraning so'nggi o'yinida va bugun Hamidillo Abdunabievning birinchi golda yuz foiz xato qildi. Lekin Siz qishda ham yozda ham darvozabon oldingiz. Ularni sinab ko'rish vaqti kelmadimikin?

- Provokacion savol. Birinchidan, Hamidillo yig'inlar vaqtida jarohatlangan edi va endi ilk o'yinini o'tkazdi. Umuman olganda u yaxshi darvozabon. Ularning barchasi xato qilyapti, hali yosh. Hechqisi yo'q, manaman degan darvozabonlar ham xato qilishadi. Ular shu xatolari orqali o'sishmoqda. Bu jamoa ularga imkoniyat berish uchun kerak. Xato qilib o'rganadi va ular ustida ishlaydi. Hech kim xatosiz o'ynay olmaydi. "CHig'atoy"dan Edem Nemanovni oldik, u ham yomon darvozabon emas. Kim kuchli bo'lsa o'sha o'ynayveradi, men esa ularga imkoniyat berishim kerak. O'ynatmasak, xatolarini ham bilmaymiz. Darvozabonlar murabbiyimiz bor, ular xatolar ustida ishlashadi. Xatosiz bo'lsa yaxshi, ammo bu yoshda tabiiy holat.

- Otabek Boymurodov variantini ko'rib chiqmadingizmi?

- Umuman olganda istagandik. Variantimiz ham bor edi. Termada uni tarkibga jalb qilgandim va nimalarni o'rganganini ko'rmoqchi edim. Keyinchalik tushundimki, ushbu darvozabon "Paxtakor"ga ham kerak. Ammo ular legioner darvozabon olib kelishdi. Hozir muammo unda emas. Oldimizda Po'latxo'ja muammosi turibdi. Bugun, ertaga "Paxtakor" bilan yana muzokaralar olib boramiz. Agarda ular uni berishsa, yaxshi. Aks holda biz o'z futbolchilarimizdan foydalanamiz.

- Yoki yana kimnidir ijaraga olish kerak emasmikin? CHunki transferlar oynasi yakuniga hali vaqt bor.

- Bilmasam. Hali gaplashib ko'ramiz. Tushunishim bo'yicha, bugun "Paxtakor" zaxirasida 3 yoki 4 hujumchi o'tirdi. Endi barchasini vaziyatga qaraymiz. Buyog'i vaqt masalasi bo'lib qoladi. Men uchun eng asosiysi - ularga doimiy o'yin amaliyoti berilishi. CHunki termaga kelsa, ular tonusda bo'lishi kerak. Masalan, hozir Husayn Norchaev masalasida havotirdaman. Birinchi davrada u kam o'ynadi, shuningdek, ikki o'yinda ham maydonga tushgani yo'q. Uni termaga chaqirdim, ammo u tonusda emasligi ko'rinib turibdi, yani, unchalik yaxshi holatda emas. Qachonki futbol o'ynamasa, barchasi ko'rinib qoladi. 

- Otabek Jo'raqo'zievning jarohati qanchalik jiddiy va u keyingi turgacha qaytishi mumkinmi?

- Keyingi uchrashuvga qaytmasligi ham mumkin. Ikki-uch kundan keyin mashg'ulotlarni boshlaydi. SHifokorlar uning davolanish jarayoni bilan shug'ullanishiga ruxsat berishdi. Keyinchalikning holatiga qaraymiz. Uning ham yo'qligi bir yo'qotish bo'ldi. O'yin bobida ko'pini xohlagandik. Ammo bo'lib turadi. Achinarlisi, gollarda o'zimiz xato qildik. Barchasini ko'rib chiqamiz va birgalikda taxlil qilamiz. O'yinlar endi boshlanmoqda. Barchasi endi qiziqarli bo'ladi.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика