So’nggi yangiliklar

11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  2 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  8 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  11 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  30

Timur Kapadze: "Birinchi va ikkinchi golda yigitlar xatoga yo'l qo'yishdi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Birinchi va ikkinchi golda yigitlar xatoga yo'l qo'yishdi"

Superliganing 15-tur bahslaridan o'rin olgan "Olimpik" - "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng, "Olimpik" bosh murabbiyi Timur Kapadze o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- O'yin haqida

- Qiziqarli o'yin bo'ldi. G'alaba qozonsak ham bo'lar edi, lekin raqib ham yaxshi harakat qildi va g'alabani ilib ketishi mumkin edi. Reja qilgan ko'p ishlarimiz o'xshadi, o'xshamagan narsalar ham bor. Birinchi va ikkinchi golda yigitlar biroz yoshlik qilib qo'yishdi. Birinchi golda himoyachining yaqqol xatosi ko'rindi. Ikkinchi golda esa "jonli devor" xato qildi, jarima zarbalarida "jonli devor" hech qachon o'z joyidan qimirlamasligi kerak. Xatolarni ko'rib chiqamiz va analiz qilamiz. Umumiy qilib aytsak, yomon o'yin o'tkazmadik.

- Bosh hakam Temur To'xtasinov bugun "Olimpik" futbolchilarini yoshroq bo'lgani sabab, biroz boshqacharoq muomala qilgandek. Sizning ushbu holatga fikringiz qanday?

- Mening fikrimcha maydonda hamma teng, agar "Olimpik" jamoasinining yoshroqligini hisobga olsak, unda hakamlar bizga ko'proq yon bosishi kerak edi. Hakam har doim neytral. Maydonda kimdir yoshroq, kimdir kattaroq deb munosabat qilinishi kerak emas. Hakamlarni muhokama qilmayman, ularni nazorat qiladigan insonlar bor.

- "Olimpik" o'yinning birinchi daqiqalaridan o'yinga biroz tayyor emasdek ko'rindi, shu sababdan erta o'zgarish amalga oshirdingizmi?

- Yigitlar keragidan ko'proq ushbu o'yin haqida o'ylashayotgan edi va shu sababdan o'yin boshida ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Yosh futbolchilarda bunday holat bo'lib turadi. Men ularga xotirjamroq o'ynash kerakligini aytdim. Otamurodov esa o'yinga kirishib keta olmadi, avval penalti keyin yana bitta xatoga yo'l qo'ydi va shu sababdan uni zaxiraga oldim.

- "Olimpik" jamoasining hujum chizig'idagi kreativlik faqat Jaloliddinovda ko'rinmoqda. Hujumdagi rang-baranglik faqat bir futbolchiga bog'lanib qolayotgani noto'g'ri emasmi?

- Ha, Jasur juda kreativ futbolchi. Balki sizlarga shunday ko'rinayotgandir, lekin boshqa futbolchilar ham ancha yaxshi harakat qilishmoqda. Jasur ko'proq ko'zga tashlanayapti xolos.

- Joriy mavsum hakamlarning qarori o'yin natijalariga ko'p tasir o'tkazmoqda. Siz futbol o'ynagan davringizdagi hakamlik darajasi bilan hozirgi kundagi hakamlikni solishtirsak, qanchalik farq bor?

- Hakamlar tarkibi ham ko'p o'zgarmoqda. Hozirgi kunda yosh hakamlar soni ham ancha ko'paygan. Hakam xato qilmasligi kerak, lekin ular ham inson va xatoga yo'l qo'yishadi. Eski avlod hakamlarida tajriba katta edi, hozir ko'proq yosh hakamlar ishlashmoqda. Ular ham tajriba to'plab, xato qilmaydigan darajagacha etib kelishadi. Menimcha, hozir hakamlarga hozir osonroq, sababi VAR tizimi ishlab turibdi. Hozir hakam xatoga yo'l qo'ysa, VAR tizimi uni to'g'irlaydi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика