Timo Verner “CHelsi”da birinchi mashg'ulotini o'tkazdi
27 iyu 2020 22:53
Yangiliklar
Timo Verner “CHelsi”da birinchi mashg'ulotini o'tkazdi
“CHelsi” hujumchisi Timo Verner jamoasi safida ilk mashg'ulotlarni o'tkazdi.
Ilgariroq futbolchi “CHelsi” stadioniga tashrif buyurib, “Vulverxempton”ga (2:0) qarshi bellashuvda jamoadoshlarini qo'llab-quvvatlab turgandi.
Iyun oyida “CHelsi” rasmiy sayti Timo Verner “RB Leypcig”dan London klubiga ko'chib o'tganligini elon qilgandi. Xabarlarga ko'ra, Vernerning transferi uchun “CHelsi” 53 million evro sarflagan.
Verner 2016 yildan buyon “RB Leypcig” sharafini himoya qilib kelayotgandi. Bungacha u “SHtutgart”da to'p tepgan. Joriy mavsumda hujumchi Bundesliganing 32 ta uchrashuvida maydonga tushib, o'z hisobiga 26 ta gol (3 tasi penaltidan), 8 ta golli uzatmani rasmiylashtirgan.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar