Tim Kexill butsalarini mixga iladi
29 mar 2019 23:02
Yangiliklar
Tim Kexill butsalarini mixga iladi
Hindistonning “Jamshedpur” klubi yarimhimoyachisi Tim Kexill joriy mavsum oxirida faoliyatiga yakun yasashi haqida elon qildi.
39 yoshli futbolchi Avstraliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. U terma libosida 107ta uchrashuvda qatnashib, 50ta gol urgan. U faoliyati davomida Angliyaning – “Milluoll”, “Everton”; AQSHning -“Nyu-York Red Bullz”; Xitoyning – “SHanxay SHenxua”, “Xanchjou Grintaun”; Avstraliyaning – “Melburn Siti” klublari sharafini himoya qilgan.
Terma jamoadagi so'nggi uchrashuvini Kexill o'tgan yilning noyabrida Livanga qarshi (3:0) o'tkazgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar