So’nggi yangiliklar

02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  2 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  0 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  1 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   1 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  17 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  1 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  3

Tilla bola sarguzashtlari Yangiliklar

Tilla bola sarguzashtlari

Teglar :  Real MadridIsko
Muxlislar o'rtasida Oltin Malaganing ramzi, Bernabeu arzandasi kabi unvonlarga sazovor bo'lgan Tilla bola - Francisko Isko Alyarkon Suares chindan ham yuksak salohiyat sohibi.

U to'p bilan shunday mohirona harakat qiladiki, go'yo to'p sehrlanib qolgan-u, undan uzoqlashishni istamayotgandek tuyuladi. Ana shu afsungardan tez orada Yangi Inesta darajasiga ko'tarilishi va nafaqat qirollik klubi, balki butun ispan futbolining ramziga aylanishini kutishmoqda. To'g'ri, Iskoning faoliyati hozircha qariyalar kardiogrammasini eslatmoqda - surat barqaror emas, uzilishlari ko'p. SHu sababli futbolchi tez-tez zaxira o'rindig'idan joy olishga majbur bo'lyapti. quyidagi maqola Iskoning futbol olamiga kirib kelishi, Realdagi mashaqqatli faoliyati va kelajagi haqida.

Tilla bola tetapoyasi

Isko Malaganing kamtarin sanoat shaharchasida dunyoga keldi. SHu bois, Atletiko Benamel klubi yosh iqtidor sohibiga futbolning ilk saboqlarini berish sharafiga muyassar bo'ldi. O'sha paytdayoq dastlabki murabbiyi bolakayni yorqin kelajak kutayotganini bashorat qilgandi.

14 yoshga chiqqanida Francisko Valensiyadan taklif oldi va o'zini faqat ijobiy tomondan namoyish etdi - hali 18ga chiqib ulgurmasdan kanteraning etakchi o'yinchisiga aylandi. Hatto, 2ta gol urishga ham ulgurdi, 15 daqiqaga bo'lsada, La ligada Aric Aduris o'rnida to'p surdi.

19 yoshga to'lganida Francisko o'z faoliyatidagi muhim qarorlardan birini qabul qildi - lash-lushlarini yig'ishtirdi-da, jonajon Malagasiga yo'l oldi. Bu to'g'ri qaror edi. CHunki o'sha paytda anchouslar shayx­larning yirik sarmoyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishgandi. Tez orada jamoa etakchi kvartetdan joy olib, ECHLda chorak finalga qadar etib bordi. O'shanda Dortmundning Borussiyasi yarim finalga chiqish imkoniyatini bermagandi. Iskoning xalqaro arenalardagi ishonchli o'yinlari Malagada cheksiz imtiyozlarni taqdim etdi. Murabbiy bu futbolchiga to'la-to'kis erkin to'p surish huquqini berib qo'ygandi. U esa har qanday raqib oldida dadillik bilan harakat qilar, vazifasi gol urish yoki samarali uzatmani amalga oshirishdan iborat edi. SHu tariqa Isko top-klublar nazariga tushdi. Tabiiyki, ular orasida Barselona va Real ham bor edi. Tilla bola unvoniga sazovor bo'lgani esa futbolchining bahosini 2-3 baravarga oshirib yubordi.

Alyarkonning bo'lajak jamoasini tanlashda qanday mezonlarga asoslangani nomalum. Lekin bu futbolchi uchun Barselona ko'proq mos kelishini aksariyat mutaxassislar takidlashgandi. Isko Realga o'tganidan so'ng kataloniyalik darg'azab muxlislar uning bolalik paytidagi Barsa libosida tushgan fotosuratini qidirib topishgan, futbolchining o'zi ham Messi laqabli kuchugi borligini tan olgandi. qisqasi, 2013 yilning 27 iyunida qirollik klubi 30 million evro evaziga Iskoni o'z safiga qo'shib oldi. Taqdimot marosimi 8000 nafar muxlis kuzatuvida o'tdi. SHu tariqa Tilla bolaning yoshligi ortda qolib, buyuk jamoadagi faoliyati boshlandi.

Madridning mashaqqatli so'qmoqlari

Isko Realga inqilob davrida qo'shildi. Mourinoning mojaroli istefosidan keyin Florentino Peres tub islohotlarga qo'l urdi. Bosh murabbiy lavozimiga Karlo Anchelotti taklif etildi, Garet Beyl uchun rekord miqdordagi 100 million evro sarflandi. SHuningdek, Ilya­ramendi, Kazemiro va Kaka Madridni tark etishdi. SHu yo'sin italiyalik mutaxassis taktik islohotlarni boshlab yubordi. Biroq Iskoning ilk mavsumida Real Mou-rino uslubida o'ynashni davom ettirdi. Francisko bu sxemaga tez moslashib, Betisga qarshi bahsdagi debyutidan keyin asosiy tarkibdan joy oldi. Anchelotti uni markazga tushirgani bois, Isko o'zini juda erkin his qildi. To'g'ri, o'sha oqshom Real o'ta sust o'yin ko'ratdi. Ammo Iskoning ishonchli harakatlari murabbiyga tasalli bergan bo'lsa, ajabmas - so'nggi daqiqalarda qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga yo'llagan hujumchi o'z jamoasiga 3 ochkoni taqdim etdi.

Lekin oradan bir oy o'tsa hamki, Real o'z o'yinini topa olmadi. Bundan qoniqmagan murabbiy 4-3-3 sxemasiga o'tishga qaror qildi. Bu uslubda Beyl - Di Mariya dueti asosiy rolga o'tib, Iskoning keragi bo'lmay qoldi. Realning o'yini tobora ochilib, g'alabalar, gollar soni orta boshladi. Tabiiyki, bunday vaziyatda har qanday murabbiy ham soatdek ishlayotgan mexanizmga o'zgarish kiritishni istamaydi. SHu sababli, Isko faqat qaysidir futbolchi maydonga tusha olmay qolgan paytlarda to'p surishga majbur bo'ldi. Bunday vaziyatda Iskodagi universallik juda asqotdi - har qaysi jamoadoshi o'rnini bemalol bosa olgani sababli, Anchelotti davrida u 94 marta maydonga tushdi. Futbolni sanat darajasiga ko'targan hujumchiga nafaqat Santyago Bernabeudagilar, balki raqib - Elchening fanatlari ham tasannolar aytishdi. Biroq jamoa boshqaruvi Zayniddin Zidan qo'liga o'tgach, Isko uchun vaziyat yana murakkablashdi. Boisi, franciya­lik mutaxassis Kazemiroga ko'proq ishonch bildira boshladi.

Isko tuman og'ushida

Aslida, Francisko mehnatsevar yigit bo'lsada, o'ziga yarasha fel-atvori ham yo'q emas. Masalan, Real­dagi taqdimot marosimida u klub bayrog'ini o'pishdan bosh tortib, o'z sadoqatini maydondagi o'yini orqali namoyish etishini bildirgandi. SHuningdek, bu kamtarin yigit matbuot vakillariga ham intervyu berish yoki matbuot anjumanlaridagi nutqlari bilan emas, balki o'z mehnati orqali javob qaytarishga odatlangan. Lekin nima uchundir bu yuksak iqtidor sohibi doimo etibordan chetda yuradi. Vaholanki, Isko - Real­dagi eng kam maosh oladigan o'yinchilardan biri. SHu o'rinda uni Xames bilan taqqoslash foydadan xoli emas. Rodrigesning Iskodan yaqqol ustun jihati yo'q. Muvaffaqiyatli JCHdan keyin u Madridda o'ynash orzusini shipshitgach, mutasaddilar o'sha zahoti 75 millionni oyoqlari ostiga sochishdi.

To'g'ri, Isko endigina 24ga chiqdi, yoshi unchalik kattamas. Ammo hali g'o'r, navqiron yigitcha ham emas. Ayni payt uning oldida ikkita yo'l bor: hozirgiday o'zgalar soyasida yurish yoki shiddat bilan ishga kirishgan holda asosiy tarkibdan muntazam o'rin olish.

Isko nega Realda qoldi?

Joriy mavsum Tilla bola taqdirida muhim rol o'ynashi mumkin. Agar u muntazam maydonga tushishga erisha olmasa, yozda yangi jamoa izlashiga to'g'ri keladi. CHunki uning yoshida zaxira o'yinchisi maqomi mutlaqo qoniqtirmaydi. Boz ustiga, klubdan tashqari, terma jamoa ham bor. Evro-2016ni o'tkazib yuborgan futbolchi JCH-2018da qatnashishi shart.

Mish-mishlarga ko'ra, hozirda Man Siti Iskoni mo'ljallab turibdi. SHuningdek, Tottenxem, Milan va boshqa taniqli jamoalar ham unga befarq emaslar. Lekin nima uchundir futbolchining o'zida faollik sezilmayapti. Buning bir nechta sabablari bor:

1. Zidanning ishonchi

Iyun oyida jamoa bosh murabbiyi Isko xususida alohida to'xtalib, uning hech qayoqqa ketmasligini takidlagandi. Zizuning qatiyati barchaga malum, u o'z maqsadini ochiq-oydin aytib qo'ya qoladi. qolaversa, Iskoning xaridini Zidan maqullagan, jamoani qabul qilganidan so'ng uni asosiy tarkibga kiritgandi. To'g'ri, hujumchining o'zi keyinchalik tarkibdan tushib qoldi.

2. Jamoadoshlari bilan inoqligi

Real echinish xonasida maftunkor muhit hukmron. Isko ana shu ajoyib ahillikning bir bo'lagi! Jamoadoshlari uni juda yaxshi ko'radilar, maydondagi afsungarligidan tasirlanib, magiya deb atashadi. Zidanning Isko hech qayoqqa ketmasligi haqidagi xabarini Serxio Ramos quyidagicha qabul qilgandi: Iskoning safimizda qolishi - Madrid uchun yoqimli xushxabar!

3. Kurashga tayyor ekanligi

qanday jamoadan joy olgani va undan nimalar talab qilinishini Isko juda yaxshi biladi. Madridda hech kimga joy kafolatlanmagan, o'z ustunligini isbotlay olgan futbolchi maydonga tushadi. Iskoni raqobat cho'chita olmaydi. Avvalgi mavsumda u Rodrigesdan ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lgandi. Demak, Asensioning xarid qilingani uni tashvishlantirmaydi.

4. Santyago Bernabeu erkatoyi

Isko stadiondagi ilk chiqishidayoq muxlislar mehrini qozondi. Uning har bir finti, aldamchi harakati gulduros qarsaklar bilan qarshi olinadi, tribunalar bir necha daqiqa to'xtamasdan Isko, Isko, Isko deb hayqirishlari bejiz emas. Demak, hujumchi muxlislar qo'llab-quvvatlashlariga shubhay qilmaydi.

5. Asosiy tarkibga asosiy nomzod

Tarkibdan joy olish uchun Iskoga raqobat qiladigan futbolchilar turli poziciyalarda to'p surishadi. Francisko esa ularning har qaysisi o'rnini bemalol bosa oladi. Deylik, hozirda Zidan ko'proq ishonch bildirayotgan Kazemiro safdan chiqqan taqdirda, uning o'rnini faqat Isko to'ldirishi mumkin.

Franciskoning boshqa raqobatchilari - Xames, Kovachich, Asensio va Vaskes. Xames - Beyl va Ronaldu uslubida o'ynaydi, ular Madridda ekan, Xamesga non yo'q. Zidan ham Xamesdan ko'ra Iskoni afzal biladi. Kovachichni esa umuman ortiqcha desak lof bo'lmaydi. Asensio bilan Vaskes uchun eng maqbuli - qanotlar: Vaskes uchun o'ng, Asensio uchun chap qanot. Biroq bu erda Beyl bilan Ronaldu hukmdor. SHunday ekan, Modrich hamda Kroosning yagona vorisi - Isko. Tinchlik bo'lsa, bu yog'ini vaqt ko'rsatadi.

Bomdardir.ru - H. MASAIDOV tayyorladi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика