So’nggi yangiliklar

08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  1 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  3 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  5 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2

Tiago Silva PSJ haqida: "Ramosning transferini tushuna olmadim. Bir xil yoshda unga 2 yillik shartnoma taklif qilishdi, menga esa yo'q" Yangiliklar

Tiago Silva PSJ haqida: "Ramosning transferini tushuna olmadim. Bir xil yoshda unga 2 yillik shartnoma taklif qilishdi, menga esa yo'q"

PSJ sobiq himoyachisi Tiago Silva ispaniyalik futbolchi Serxio Ramosning Parij klubiga o'tgani borasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Men bo'lib o'tgan ishlar haqida juda ko'p o'yladim. Serxio Ramosga nisbatan hech qanday adovatim yo'q. Biroq PSJ Serxioga 2 yillik shartnoma taklif qilganida u o'tgan yili men nechchi yosh bo'lgan bo'lsam, xuddi shu yoshda edi. Men buni tushunolmadim. O'xshash vaziyatda ikki xil munosabat, bu meni qattiq xafa qildi.

Ramos haqida PSJ futbolchilarining hech biri bilan gaplashganimcha yo'q, ammo men klubdan xafa bo'ldim. Menga hech qanday taklif bildirishmadi. Menga xuddi klubga hech qanday foydasi tegmagan insondek munosabatda bo'lishdi. Ko'plab muxlislar, meni katta maosh olishni istagan deb o'ylashadi. "CHelsi" bilan ortiqcha muammo bo'lgani yo'q. Mening maoshim... Londonda PSJ"da olgan maoshimning yarmidan kamroq summa to'lashmoqda.

SHunchaki men ular oxirida ko'rsatgan munosabatidan ranjidim. Nimadir qilishsa bo'lardi-ku?! Men bu klubda 8 kun yoki 8 oy ham o'tkazmadim. Bu mehnat va g'alabalarga boy bo'lgan 8 yil edi", – deydi Silva ESPN"ga bergan intervyusida.


Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика