Tiago Silva JCH rekordini o'rnatdi
06 dek 2022 10:20
Yangiliklar
Tiago Silva JCH rekordini o'rnatdi
Braziliya terma jamoasi himoyachisi Tiago Silva 38 yosh-u 74 kunligida Jahon chempionatida rekord qo'ydi.
"CHelsi" futbolchisi mundial 1/8 finalida Janubiy Koreyaga qarshi o'yinning (4:1) 29-daqiqasida hujumchi Risharlisonga assistentlik qildi.
Bu orqali Silva Jahon chempionatida assistentlik qilgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. Avvalgi natija kamerunlik 1990 yilgi JCHda 38 yoshyou 42 kunlik Roje Milla tomonidan o'rnatilgan edi.
Fikrlar