Tiago Silva faoliyatini yakunlash arafasida
31 okt 2023 11:39
Yangiliklar
Tiago Silva faoliyatini yakunlash arafasida
"Faoliyatimning yakuni yaqinlashmoqda. Bu oson emas. Men bor etiborimni "CHelsi" bilan shartnomamning so'nggi yilidan zavq olishga qaratganman. Kelgusi yil nima bo'lishini bilmayman, lekin faoliyatimdan juda mamnunman", – dedi Tiago Silva.
Tiago Silva haqiqatan ham faxrlanadigan narsaga ega. 39 yoshli braziliyalik futbolchi "Juventude", "Portu", "Dinamo", "Fluminense", "Milan", PSJ va "CHelsi" klublarida to'p tepgan. Londonliklar bilan u 2021 yilda CHempionlar Ligasida g'olib chiqqan. SHuningdek, 7 karra Franciya chempioni va 2011 yilgi Skudetto sovrindori bo'lgan.
Tiago Silva Braziliya terma jamoasi safida 113 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan. "Selecao" bilan 2013 yilgi Konfederaciyalar Kubogi va 2019 yilgi Amerika Kubogini qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar