Tiago Silva: CHorak finaldagi raqibimiz "Bayer"dan kuchli bo'lishi aniq
15 mar 2014 09:11
Yangiliklar


Tiago Silva: CHorak finaldagi raqibimiz "Bayer"dan kuchli bo'lishi aniq
PSJ futbolchisi Tiago Silva CHempionlar ligasi chorak final o'yinlari borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Ich-ichimdan sezib turibman, chorak finalda yana “Barselona” bilan to'qnash kelsak kerak. Lekin, umid qilamanki bunday bo'lmaydi.
“Bayer”ga qarshi o'yin oson bo'lgani yo'q. Biz ushbu o'yin orqali Evropaning kuchli jamoalaridan biri ekanligimizni barchaga bildirib qo'ydik.
Bizda yaxshi natijalarni qayd etish uchun etarli darajada kuchli futbolchilar bor. CHorak finaldagi raqibimiz “Bayer”dan kuchli bo'lishi aniq, - deb aytib o'tdi braziliyalik futbolchi.

Fikrlar