Tiago Motta – "Yuventus" tarixidagi eng yomon murabbiylardan biri
24 mar 18:39
Yangiliklar


Tiago Motta – "Yuventus" tarixidagi eng yomon murabbiylardan biri
2024 yilning yozida "Yuventus"ni boshqaruviga kelib, kecha ishdan bo'shatilgan Tiago Motta klub tarixida yaxshi xotiralar bilan eslanmaydi.
Bu haqda "OptaPaolo" xabar berdi.
Uning qo'l ostidagi 42 uchrashuvda jamoa bor yo'g'i 18 ta g'alabaga erishdi. Bu umumiy o'yinlar sonining 43% ini tashkil etadi. Ushbu ko'rsatkich klub tarixidagi uchinchi eng yomon natija bo'lib, faqatgina Luiji Delneri (40%) va Sandro Puppo (24%) undan oldinda.
"Yuventus" joriy mavsum 13 g'alaba, 13 durang va 3 mag'lubiyat bilan A Seriyada beshinchi o'rinni egallab turgan bo'lsa-da, Tiago Motta qo'l ostidagi natijalar klub rahbariyatini qoniqtirmadi.
23 mart kuni murabbiyni ishdan bo'shatish to'g'risida qaror qabul qilindi. Uning o'rniga yaqinda "Lacio"da ishlagan xorvatiyalik Igor Tudor keldi. Tudor bugun yangi jamoasi bilan ilk mashg'ulotini o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar