Tiago "Bavariya" xo'jayinlariga ketishni xohlayotganini aytdi. Flik qarshi - u ispaniyalikni almashtirib bo'lmas futbolchi deb hisoblaydi
25 iyu 2020 17:13
Yangiliklar
Tiago "Bavariya" xo'jayinlariga ketishni xohlayotganini aytdi. Flik qarshi - u ispaniyalikni almashtirib bo'lmas futbolchi deb hisoblaydi
Ispaniyalik futbolchi klub rahbariyatiga ketmoqchi ekanligini aytdi va "Bavariya" bilan shartnomani 2023 yilga qadar uzaytirishdan bosh tortdi. Ammo, jamoa bosh murabbiyi Xansi Flik bunga qarshi chiqmoqda. U Tiagoni almashtirib bo'lmas futbolchi deb hisoblaydi. Flik u bilan suhbatlashdi va uni bu yo'ldan qaytarmoqchi.
Flikning Tiagoni ketishiga qarshi chiqayotganining yana bir sababi - tarkibning etarlicha keng emasligi. Tiagoning kelajagidan qatiy nazar Flik "Bavariya"ning yarim himoyachi xarid qilishini xohlamoqda.
Tiagoning "Bavariya" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U "Bavariya"ga 2013 yilda "Barselona"dan o'tgan edi.
Ispaniyalik futbolchi joriy mavsum Bundesligada 24ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi. U ayni damda jarohatidan tiklanmoqda.
Fikrlar