The Telegraph: Gvardiola MYUga o'tishi mumkin
29 noy 2015 08:19
Yangiliklar


The Telegraph: Gvardiola MYUga o'tishi mumkin
Bavariya klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsum tugagach Manchester Yunaytedga ko'chib o'tmoqchi.
The Telegraph nashri xabariga ko'ra, 44 yoshli murabbiy Myunxen klubi bilan shartnomani uzaytirishni istamayapti va yozda faoliyatini Angliyada davom ettirmoqchi.
Agar mankunianliklar Lui van Gal bilan 2017 yildan oldin xayrlashishsa tovon puli sifatida 7 million funt to'lashlari kerak.
Eslatib o'tamiz, 2012 yilda MYU sobiq ustozi Aleks Fergyuson Gvardiolani Old Traffordga taklif qilgandi, ammo Xosep Bavariyaga o'tishga qaror qilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar