So’nggi yangiliklar

18:59"Барселона" "Сеул"ни "хоккейча" ҳисобда мағлуб этди  0 18:42А Сериянинг икки гранди "Арсенал" аъзоси учун курашга қўшилди  0 18:14Марлен Чобанов легионерга айланди  0 17:55​"Андижон" легионер ҳимоячиси билан хайрлашди  2 17:32Исак "Реал Сосьедад" базасида шуғулланмоқда  2 17:04Аббос Файзуллаев: "ЦСКА туфайли Ўзбекистон термасида ўз ўрнимга эга бўлдим. Энди "Истанбул Башакшеҳир"га чемпионатда олдинга қадам ташлашида ёрдам бермоқчиман"  3 16:37ЦСКА ҳимоячиси: "Аббосга келажакда ўзи хоҳлаган лигада ўйнашини тилайман"  4 16:09Доннарумма АПЛ топ-клублари билан музокаралар олиб бормаяпти  2 15:41Нойер Тер Штеген билан боғлиқ вазият туфайли Германия терма жамоасига қайтишга тайёр  4 15:14Саудия Арабистони клублари Левандовскини сотиб олмоқчи  2 14:52"Андижон" янги легионерини Суперлига учун рўйхатдан ўтказа олмади  7 14:42Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Тошкентда Қозоғистон билан беллашади  2 14:14Расман: Серж Орье Остон Ўруновнинг жамоадоши бўлди  3 14:00Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада   40 13:52"Фенербахче" "Барселона" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолайди  2

"The National": "Aziz Haydarov va uning jamoasi kurashga tayyor" Yangiliklar

"The National": "Aziz Haydarov va uning jamoasi kurashga tayyor"

Osiyo Kubogi musobaqasi boshlanishiga juda kam fursat qolayotgan bir paytda "The National" gazetasi Aziz Haydarovdan intervyu oldi.
Yarim himoyachimiz o'z intervyusida O'zbekiston terma jamoasi turnir oldidan nihoyatda "chanqoq" ekanligini aytib o'tdi.

"Bosh maqsadimiz sovrinli o'rinlardan birini egallash, - deydi Haydarov. - Lekin buning uchun avvalo guruhdan chiqishimiz shart. Guruhdan chiqqach, shaxsan men Janubiy Koreyaga tushishni xohlayapman. Nafaqat men, balki aksariyat jamoadoshlarim Janubiy Koreya bilan o'yinni kutmoqda. Ularda alamimiz bor".

Yaxshi bilasiz, JCH-2014 saralash bosqichida O'zbekiston safarda Koreya bilan o'ynab, 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Agar o'shanda hech bo'lmasa durang natijaga erishganimizda ajoyib imkoniyatga ega bo'lardik.

"JCH saralash o'yinlarining yakuni biz uchun nihoyatda alamli bo'lgandi. 14 ochko yiqqan bo'lishimizga qaramay, mundialga yo'l ola bilmadik. Bizga alam qilgani, koreyaliklar bilan bil xil ochko to'plagan bo'lishimizga qaramay, mundialga bora olmagandik. Bu esa nihoyatda qattiq tasir qildi".

SHundan beri oradan birmuncha vaqt o'tdi va mana endi O'zbekiston terma jamoasini yana bir muhim musobaqa - Osiyo Kubogi-2015 kutib turibdi. FIFA reytingida 74-o'rinni egallab turgan O'zbekiston Osiyoning eng kuchli to'rtta jamoasidan biri hisoblanadi. O'zbekiston Mirjalol Qosimov boshchiligida Osiyo chempionatida ishtirok etadi.

Terma jamoaning aksariyat futbolchilarida xalqaro maydonlarda to'p tepish bo'yicha katta tajriba bor. Xususan Temur Kapadze va Server Jeparov allaqachon uchta qita birinchiligida ishtirok etishgan. Bundan tashqari, Jeparovning ikki bor Osiyoda "Eng yaxshi futbolchi" deb topilgani ham bejiz emas.

Aziz Haydarov esa o'z faoliyatida uchinchi marta qita birinchiliga qatnashadi. U hozir faoliyatini Dubayning "Al SHabab" klubida davom ettirmoqda. "Men uchun terma jamoa katta ahamiyat kasb etadi, - deydi Haydarov. - "Al SHabab"da meni hamma narsa qoniqtiradi, lekin terma jamoa butunlay boshqa mavzu. Bu - mening Vatanim, men tug'ilib o'sgan joy. Men bosh jamoaga qachon taklif qilinmay, doim xursand bo'laman. Har doim bor kuch bilan o'ynashga harakat qilaman".

Malumki, O'zbekiston terma jamoasi guruhdagi dastlabki o'yinini SHimoliy Koreyaga qarshi bahs bilan boshlaydi. Bu borada Aziz Haydarov quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Hozirgi jamoa tajribali futbolchilar hamda yoshlar qorishmasidan iborat. Biz Osiyo chempionatida g'alaba qozonishni juda-juda istayapmiz. Agar birinchi o'yinda SHimoyaliy Koreyani mag'lub etsak, ijobiy natija keyingi o'yinlarda ham asqotishi turgan gap. Biz oxirigacha kurashishga tayyormiz, negaki futbolda kurashsiz g'alaba qozonib bo'lmaydi".

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика