The Guardian: Pellegrini “Vest Xem”ga “Ha” dedi
22 may 2018 01:12
Yangiliklar


The Guardian: Pellegrini “Vest Xem”ga “Ha” dedi
Xitoyning “Xebey CHayna Forchun” klubi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini Angliyaning “Vest Xem Yunayted” jamoasini boshqarishga rozilik berdi, deb xabar bermoqda Britaniyaning The Guardian nashri.
Nashr xabariga ko'ra, chililik 64 yoshli mutaxassis tez kunda London klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. Kelishuvga binoan Pellegrini yiliga 10 mln funt sterling miqdorida maosh oladi.
SHuningdek, u klubning transfer siyosatini to'laligicha nazorat qilish imkoniyati va imtiyoziga ham ega bo'ladi. Bundan 6 kun avval, aniqrog'i 16 may kuni “Vest Xem”ning endilikda sobiq bosh murabbiyi shotlandiyalik mutaxassis Devid Moyes jamoani tark etgan edi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar