So’nggi yangiliklar

23:28Вадим Абрамов: "Бугун жамоам жуда оғир ўйнади"  3 23:06Брайан Риаскос: "Суперлига – бир қараганда осон, аммо аслида жуда мураккаб турнир"  2 22:59Виталий Левченко: "Динамо"нинг турнир жадвалида биздан юқори эканлиги футболчиларга қўшимча мотивация берди"  3 22:25Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Лаос дарвозасига еттита жавобсиз тўп киритди  6 22:19"Милан" 20 млн евродан зиёдга Италия термаси футболчисини сотиб олади  1 22:14Ўзбекистон кубоги. Чорак финалнинг барча иштирокчилари аниқ!  2 21:58Суперлига. "Нефтчи" қолдирилган ўйинда "Динамо"ни ишончли ҳисобда ютиб, 3-ўринга кўтарилиб олди  53 21:55Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" ва "Навбаҳор" ўз рақибларини мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олишди  24 21:10Расман: "Атлетико" Баэнани "Вильярреал"дан 45+5 миллион еврога сотиб олди  0 20:35Расман: "Челси" 60 миллион фунтлик трансферни амалга оширди  1 18:50Куртуа Трент ҳақида: "Унинг жарима зарбалари ва бурчак тўплари – бошқа даражада, бундай техникaни ҳеч қачон кўрмаганман"  4 18:27Эшитдик-да! Шацких "Пахтакор"дан икки андижонлик футболчини "Андижон"га олиб келмоқчи  18 17:49Клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Opta жавоб берди  12 17:10Лаутаро билан Чалханоғлу ўртасидаги низо туфайли "Интер"да фавқулодда йиғилиш бўлиб ўтди  4 16:05Марказий Осиё. Қозоғистонда пешқадам очко йўқотди, Қирғиз Республикасида кубок ярим финалчилари маълум, Туркманистонда "Аркадағ" 3 та гол ўтказиб юборди  1

The Best-2019. FIFA talqiniga ko'ra yilning eng yaxshilari aniqlandi Yangiliklar

The Best-2019. FIFA talqiniga ko'ra yilning eng yaxshilari aniqlandi

Italiyaning Milan shahridagi La-Skala opera teatrida FIFA talqiniga ko'ra yilning eng yaxshilarini aniqlash marosimi bo'lib o'tdi.

Megan Rapino – yilning eng yaxshi ayol futbolchisi! 

Lionel Messi  – yilning eng yaxshi erkak futbolchisi!!!

Darvozabon: Alisson («Liverpul»).

Himoyachilar: Matteys de Ligt («Ayaks»/»Yuventus»), Serxio Ramos, Marselo (ikkalasi – «Real»), Virjil van Deyk («Liverpul»).

Yarim himoyachilar: Luka Modrich («Real»), Frenki de Yong («Ayaks»/»Barselona»).

Hujumchilar: Kilian Mbappe («PSJ»), Lionel Messi («Barselona»), Eden Azar («CHelsi»/«Real»), Krishtianu Ronaldu («Yuventus»).

Yil ramziy terma jamoasi elon qilindi

Ellisga mazkur sovrinni taniqli mutaxassis Joze Mourino topshirdi.

Yilning eng yaxshi ayollar jamoasi murabbiyi – Jill Ellis (AQSH termasi)

Yilning eng yaxshi erkak darvozaboni – Alisson Bekker («Liverpul», Braziliya).

FIFA talqiniga ko'ra ayol futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa 

Ronaldu bugungi marosimga kelmagani haqida xabar qilgandik, shuningdek, yilning eng yaxshi murabbiyi nomiga davogarlik qilgan «Manchester Siti» ustozi Pep Gvardiola ham tadbirda qatnashmayotgani malum bo'ldi. 

FIFAning feyr-pley sovrini «Lids» murabbiyi Marselo Belsaga nasib etdi

Sari van Venendal (Gollandiya terma jamoasi) - yilning eng yaxshi ayol darvozaboni!

FIFA yilning eng yaxshi futbol muxlisi sovrinini Silviya Grekoga taqdim etdi. U ko'zi ojiz farzandiga maydondagi holatlar haqida malumot berib turgan.

Yurgen Klopp ("Liverpul") - yilning eng yaxshi erkaklar jamoasi murabbiyi!

Daniel Jori – yilning eng chiroyli goli muallifi

Musiqiy chiqishdan so'ng, taqdirlash marosimining asosiy qismiga start berildi!

«Yuventus» forvardi Krishtianu Ronaldu marosimga kelmagani oydinlashmoqda

Yilning eng yaxshi murabbiyi nomiga davogar Maurissio Pochettino hamda uning rafiqasi

Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi nomida davogarlar Aleks Morgan hamda Megan Rapino

«Real» himoyachisi Marselo oilasi bilan «La-Skala»ga keldi

FIFA talqiniga ko'ra 2018-yilning eng yaxshi futbolchisi Luka Modrich esdalik uchun rasmga tushdi

PSJ forvardi Kilian Mbappe ham Milanga keldi

Lionel Messi tadbirga oilasi bilan tashrif buyurdi

The Best-2019 sovriniga davogarlik qilayotgan «Liverpul» azolari fotosessiyada ishtirok etishdi

Bugungi marosimga futbol olamining ko'plab mashhur shaxslari tashrif buyurmoqda:

Yilning eng yaxshi erkak futbolchisi nomiga davogarlar – Virjil Van Deyk («Liverpul», Gollandiya), Lionel Messi («Barselona», Argentina), Krishtianu Ronaldu («Yuventus», Portugaliya).

Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi nomiga davogarlar – Lyusi Brounz, Megan Rapino, Aleks Morgan.

Yilning eng yaxshi erkaklar jamoasi murabbiyi nomiga davogarlar – Maurissio Pochettino («Tottenhem»), Pep Gvardiola («Manchester Siti»), Yurgen Klopp («Liverpul»).

Yilning eng yaxshi ayollar jamoasi murabbiyi nomiga davogarlar –  Fil Nevill, Jill Ellis, Sarina Vigman.

Yilning eng yaxshi erkak darvozaboni nomiga davogarlar – Ederson («Manchester Siti», Braziliya), Mark-Andre ter SHtegen («Barselona», Germaniya), Alisson Bekker («Liverpul», Braziliya).

Yilning eng yaxshi ayol darvozaboni nomiga davogarlar – Kristian Endler, Xedvig Lindal, Sari van Venendal.

Yilning eng chiroyli goliga davogarlar – Lionel Messi («Barselona»); Xuan Kintero («River Pleyt»), Daniel Jori («Debrecen»).


Demak, bugun quyidagi nominaciyalar bo'yicha g'oliblar aniqlanadi:

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика