Tezkor xabar: Sergey Rebrov – "Al Ayn" bosh murabbiyi!
07 iyu 2021 01:21
Yangiliklar
Tezkor xabar: Sergey Rebrov – "Al Ayn" bosh murabbiyi!
Vengriyaning "Ferencvarosh" klubini tark etgan ukrainalik mutaxassis BAAning "Al Ayn" jamoasi ustoziga aylandi.
Bu haqda "Al Ayn" matbuot xizmati malum qildi. Hozircha kelishuv sharti va muddati haqida xabar berilmadi.
Sergey Rebrov "Ferencvarosh"ni 4 iyun kuni tark etgan edi. Malumot o'rnida aytish joizki, u Vengriya chempionatining 2020/21 yilgi mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.
Rebrovning manfaatlarini himoya etuvchi agent SHandor Varga, ukrainalik mutaxassisga "Tottenxem"dan qiziqish bo'layotganini va ularda kamida 8 ta taklik borligini malum qilgandi.
Fikrlar