Tezkor xabar: Evropada yana irqchilik bilan bog'liq mojaro yuzaga keldi
04 apr 2021 22:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/629158_original.jpg)
![](/upload/storage/629158_220.jpg)
Tezkor xabar: Evropada yana irqchilik bilan bog'liq mojaro yuzaga keldi
Ispaniya chempionati 29-turidan o'rin olgan "Kadis" – "Valensiya" uchrashuvi 33-daqiqaga kelib irqchilik tufayli to'xtab qoldi.
Gap shundaki, "Valensiya" jarima maydonida "Kadis" himoyachisi Xuan Kala (u o'yinda hisobni ochgan) va Muktar Diakabi to'p uchun kurash olib borgan. Ko'rinishidan o'sha vaziyatda shunchaki kurash borgan, biroq voqea keskin tus olib, futbolchilar bir-birlarini haqoratlab ketishgan. Bu holatda har ikki futbolchiga sariq kartochka berilgan.
Diakabi bosh hakamga uzoq vaqt nimanidir tushuntirishga uringan. Keyin esa jamoadoshlarini ichkariga boshlab ketgan. O'yin shu tariqa to'xtab qolgan. Ayni paytda "Valensiya" o'yinchilari maydonga qaytishdan bosh tortishmoqda.
Malumotlarga qaraganda, Diakabi almashtirilgan va o'yin davom etadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar