Tez orada Eron chempionati qayta tiklanadi

17 may 2020, 01:34
Ramazon o'yidan keyin futbol bo'yicha Eron chempionati bahslari tiklanadi, deb xabar qildi Alisher Nikimbaev o'zining telegramdagi sahifasi orqali.

"Bu haqda mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy ma'lum qilgan. Bu juda jiddiy bayonot hisoblanadi, chunki faqat bugun Eronda koronavirus infekciyasi bilan kasallanish borasida 1757ta yangi holat va 35ta o'lim holati qayd qilingan. 

Futbol chempionati muqaddas Ramazon oyidan keyin tiklanadi, ammo o'yinlar bo'sh stadionlarda o'tkaziladi, dedi Ruhoniy.

Mamlakat prezidenti bu haqda gapirsa, demak, futbol Eronda muhim siyosiy ahamiyatga ega va  rasmiylar chempinoatni qayta boshlash orqali fuqarolarning kayfiyatini ko'tarmoqchi.

Bir yarim oy ichida mamlakat chempionatining yakuniy 9ta tur bahslari o'tkazilishi rejalashtirilmoqda", - deyiladi xabarda.

O'xshash yangiliklar


Manba: t.me/ANikimbaev