Teves "Vest Xem" safiga qaytishi mumkin
28 iyu 2020 01:18
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/577240_original.jpg)
![](/upload/storage/577240_220.jpg)
Teves "Vest Xem" safiga qaytishi mumkin
"Boka Xuniors" hujumchisi Karlos Teves faoliyatini Evropada davom ettirishi kutilmoqda.
Xabar qilinishicha, 36 yoshli forvard Argentina klubining shartnomani yangilash borasidagi taklifini rad qilgan. Teves Evropadagi faoliyati boshlangan "Vest Xem" klubi bilan 6 oylik bitim imzolamoqchi ekanini yashirmayapti.
Eslatib o'tamiz, Karlos Teves 2006 yilda "Vest Xem" safiga Braziliyaning "Korintians" klubidan kelib qo'shilgan. U "bolg'achilar" safida muvaffaqiyatli o'tgan bir mavsumdan keyin "Manchester Yunayted"ga transfer qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar