Teves futbolchilik faoliyatini yakunlamaydi
06 dek 2019 22:25
Yangiliklar


Teves futbolchilik faoliyatini yakunlamaydi
Argentinaning "Boka Xuniors" klubi hujumchisi Karlos Teves jamoa bilan mehnat bitimini yangilashga umid qilmoqda.
35 yoshli forvard jamoa tarkibida yana bir yil qolishni xohlamoqda. Eslatib o'tamiz, hujumchining "Boka Xuniors" bilan amaldagi shartnomasi dekabr oyi oxirida yakunlanadi.
"Men bu klubni sevaman, o'zimni boshqa joyda tasavvur qila olmayapman. Men "Boka Xuniors"da o'ynashda davom etmoqchiman va futbolchilik faoliyatimni shu erda tugallayman", - deydi Teves ESPN nashriga bergan intervyusida.
Argentinalik futbolchi joriy mavsum "Boka Xuniors" tarkibida 10ta uchrashuvda maydonga tushdi va 3 marta raqiblari darvozasini ishg'ol qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar