Teves faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti
19 jan 2021 13:00
Yangiliklar


Teves faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti
"Boka Xuniors"ning 36 yoshli forvardi Karlos Teves faoliyatini yakunlashi mumkinligi borasidagi savolga javob berdi.
"Men davom etaman, ketmoqchi emasman. Yaqinlarim uchun to'xtab qolmayman. O'ynashda davom etaman deb o'ylayman. Men o'zimni ajoyib his qilmoqdaman", - deydi futbolchi.
Hujumchi joriy mavsum Argentina chempionati doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Karlos Evropada "Vest Xem", "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Yuventus"dagi ishtiroki bilan yaxshi tanish.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar