Teves butsalarini qachon mixga osishini aytdi
14 may 2018 23:42
Yangiliklar


Teves butsalarini qachon mixga osishini aytdi
Argentina terma jamoasi hamda “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti” klublarining sobiq hujumchisi Karlos Teves faoliyatini qachon yakunlashini malum qildi.
Hozirda Teves Argentinaning mashhur “Boka Xuniors” klubi sharafini himoya qilyapti. U aynan “Boka” bilan amaldagi shartnomasi yakunlanishi hamonoq professional futbolchilik faoliyatini tugatadi.
“Faoliyatimni aynan “Boka Xuniors”ada yakunlashni xohlayman. Boshqa klubga o'tmayman. Keyin nima qilmoqchiman? Aniq futbol agenti yoki direktor bo'lmayman. Buning uchun tayyorgarlik ko'rish kerak”, – dedi Teves.
Malumot uchun, Karlos Tevesning “Boka Xuniors” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning 31 dekabr kuni yakunlanadi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar