Teves butsalarini qachon mixga osishini aytdi

14 may 2018, 23:42
Argentina terma jamoasi hamda “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti” klublarining sobiq hujumchisi Karlos Teves faoliyatini qachon yakunlashini ma'lum qildi.

Hozirda Teves Argentinaning mashhur “Boka Xuniors” klubi sharafini himoya qilyapti. U aynan “Boka” bilan amaldagi shartnomasi yakunlanishi hamonoq professional futbolchilik faoliyatini tugatadi. 

“Faoliyatimni aynan “Boka Xuniors”ada yakunlashni xohlayman. Boshqa klubga o'tmayman. Keyin nima qilmoqchiman? Aniq futbol agenti yoki direktor bo'lmayman. Buning uchun tayyorgarlik ko'rish kerak”, – dedi Teves.

Ma'lumot uchun, Karlos Tevesning “Boka Xuniors” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning 31 dekabr kuni yakunlanadi. 

O'xshash yangiliklar