Terzich: "Quruq" hisobda g'alaba qozonmoqchi edik"
14 may 2023 10:56
Yangiliklar
Terzich: "Quruq" hisobda g'alaba qozonmoqchi edik"
"Borussiya" D bosh murabbiyi Edin Terzich Bundesligada "Borussiya" M (5:2) ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.
"Natijadan mamnunmiz, ayniqsa, birinchi bo'limdan. O'ylagan ishlarimizdan ko'pini dastlabki 30 daqiqa ichida amalga oshirib oldik. Kurashlarda g'olib bo'ldik, yaxshi vaziyatlar yaratib, ulardan foydalana oldik.
Ammo markazni doim ham yopib qo'ya bilmadik. Tanaffusda shunga etibor qaratdim. Quruq hisobda g'alaba qozonmoqchi edik, final xushtagigacha o'yinni nazorat qilishimiz kerak edi, biroq o'xshamadi.
Oldinga intilishda davom etamiz, ikkita o'yin qoldi. Navbatdagi bahs "Ayntraxt" maydonida biz uchun qiyin bo'ladi", - dedi Terzich.
Fikrlar