Terri Anrini Franciya ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlashmoqchi
16 mar 2023 18:02
Yangiliklar
Terri Anrini Franciya ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlashmoqchi
Franciya futbol federaciyasi (FFF) Korin Dikonning ishdan bo'shatilishi ortidan Franciya ayollar terma jamoasiga yangi murabbiy qidirmoqda.
Franciyaning bir qator etakchi o'yinchilari o'zgarishlarni talab qilib, uning qo'l ostida o'ynashdan bosh tortgani uchun Dikon ishdan bo'shatildi.
"RMC Sport" xabariga ko'ra, Franciya ayollar termasi bosh murabbiyligiga davogarlardan biri Franciyaning erkaklar terma jamoasi sobiq futbolchisi Terri Anri bo'lib, u hozirda Belgiya terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlaydi. SHu bilan birga, Anrining mumkin bo'lgan tayinlanish borasidagi poziciyasi hozircha nomalum.
Boshqa davogarlar orasida Patris Ler, Jerar Presher, Sonya Bompastor, Sandrin Subeyran va Erve Renar bor.
Fikrlar