Terri: 11 bolakay? Hakamga bosim o'tkazish - futbolning bir qismi"
13 mar 2015 14:47
Yangiliklar


Terri: 11 bolakay? Hakamga bosim o'tkazish - futbolning bir qismi"
"CHelsi" sardori Jon Terri PSJ hujumichsi Zlatan Ibragimovichning so'zlariga izoh bildirdi.
Eslatib o'tamiz, "CHelsi" - PSJ uchrashuvidan keyin chetlatilgan Ibragimovich jurnalistlarga qizil kartochka olgan paytida uni 11 bolakay urab olgani haqida gapirgan edi.
"Har bir jamoa o'z uslubida o'ynaydi. Agar ular hakamga bosim o'tkazishsa, biz ham shu usulda javob beramiz. Hakam oldiga 20-30 metr uzoqlikdan yugurib kelish chiroyli ko'rinmasligi mumkin, ammo joyida jim turgandan shu yaxshi. Men shunchaki o'z jamoamdagi futbolchilarni qo'llab turdim. Bu futbolning bir qismi" - deydi Terri.

Fikrlar