Termizlik muxlislar Aktamovning qolishini xohlayapti
31 dek 2022 17:56
Yangiliklar
Termizlik muxlislar Aktamovning qolishini xohlayapti
"Surxon" ishqibozlari jamoadagi o'zgarishlardan noroziligi aytilmoqda.
Bugun bayram bo'lishiga qaramasdan, termizlik muxlislar viloyat hokimi bilan uchrashish maqsadida erta tongdan hokimiyat binosiga borishgan. Yana bir guruh ishqibozlar Ulug'bek Qosimovning bolalar uyiga tashrifini kutib, unga murojaat qilishgan. Ular jamoani Superligada olib qolgan Hamid Aktamov ketmasligi va "Surxon" kelasi yil yuqori o'rinlar uchun kurashishini so'rayapti. Bu haqda saytimiz jurnalisti Faxriddin Ro'ziev xabar berdi.
Championat.asia bu holatni o'rganishni boshlagan.
Fikrlar