So’nggi yangiliklar

15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  0 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  4 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  1 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  0 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  2 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  3 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  6 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  11

Terma jamoamizning kechagi o'yini haqida Yangiliklar

Terma jamoamizning kechagi o'yini haqida

Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi kecha Iroqqa qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
O'yinda hisob ochilmadi. “Sport” telekanali xodimlariga rahmat, bir ilojini topib shu uchrashuvni efirga uzatishdi. Terma jamoa haqida saytda yoki gazetada o'qish boshqa, ammo o'yinni ko'rish boshqa. CHunki o'yinni ko'rib, ustun va kamchiliklarni bilib olasiz. Umuman olganda, har bir bahs ko'plab savollarga javob beradi.

Iroqqa qarshi ikkita uchrashuv o'tkazib, ikki xil natija qayd etdik: g'alaba va durang. Gol o'tkazib yubormaganimiz esa kishini yanada xursand qildi. Biroq kechagi bellashuvni ko'rib, terma jamoamiz Osiyo chempionatiga etarli darajada tayyormi degan savol yana kun mavzusiga chiqdi. Iroqqa qarshi ikkinchi bahsda biz ham, raqib ham yorqin harakat qilgani yo'q. Balki bu o'ta muhim musobaqa oldidan futbolchilarning juda ehtiyotkorlik bilan to'p tepishgani bilan bog'liqdir.



O'yin u qadar shiddatli kechmagani uchun xavfli vaziyatlar kam kuzatildi. Darvozabon Ignatiy Nesterov o'z o'rnida ancha yaxshi harakat qildi. Himoya chizig'ida qanot himoyachilarimiz ancha faol. SHuhrat Muhammadiev ham, Vitaliy Denisov ham hujumga qo'shilishni xush ko'rishadi. Hatto birinchi taymda aynan SHuhratning faolligi evaziga raqib darvozasi tomon penalti belgilandi. Lekin markaziy himoyada muammolar etarlicha. Anzur Ismoilov bilan SHavkat Mullajonov juftligi raqib hujumchilarini birdek yopib qo'ya olishmadi.



Yarim himoya esa bizning eng kuchli chizig'imiz hisoblanadi. Jarohatdan tuzalib endi safga qaytishgani bois kechagi o'yinda Odil Ahmedov bilan Server Jeparov o'rtacha harakat qilishdi. Lekin Osiyo Kubogida ulardan kuchli o'yinni kutsak bo'ladi. Temur Kapadzening ham o'yini ancha og'irlashib qolibdi. Aziz Haydarov har holda tuzuk harakat qildi. Sardor Rashidov esa qo'rqmasdan o'zi xohlagan futbolni namoyish etaverishi kerak. Unda salohiyat bor, muhimi shu salohiyatni yuzaga chiqara bilishida.

Hujum chizig'imiz esa afsuski, biz kutganchalik kuchli emas. Vohid SHodiev maydonda 80 daqiqa nima qilganini ochig'i tushunmadim. Uning bor-yo'qligi deyarli bilinmadi. Hujumchi degani hadeb vaziyat bo'lishini kutmasdan kerak bo'lsa, o'zi vaziyat yaratishi kerak. Hozirgi yaxshi hujumchilar menga qachon to'p etib kelarkin deb bir chetda qo'l qovushtirib turishgani yo'q. Hujumchi to'pni olib qo'yish uchun harakat qilishi shart.



To'g'ri, boshqa jamoalarning qanday holatda ekanligini unchalik bilmaymiz. Lekin Saudiya Arabistonining "Ko'rfaz kubogi"da, Xitoyning esa Paragvayga qarshi ko'rsatgan o'yinlaridan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, kechagi o'yin bilan guruhdan chiqishimiz amrimahol bo'lib qoladi. Guruhdan chiqish uchun kamida Yangi Zelandiya va BAAga qarshi qanday harakat qilgan bo'lsak, ana shunday o'ynashimizga to'g'ri keladi. Avvalo mustahkam tarzda himoyalanishni, himoyadan hujumga o'tganda tez harakat qilishni va maydonning har bir qarichida to'p uchun kurashishni o'rganishimiz lozim. SHunday o'yin ko'rsatgani uchun ham Yaponiya, Janubiy Koreya bizdan tepada turadi. Toki biz ham tez va tajovuzkor o'yinni o'rganmas ekanmiz, qita birinchiliklarida o'zimizni ko'rsata olmaymiz.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика