Terma jamoamiz uchun bir yillik reja
15 fev 2015 16:47
Yangiliklar

Terma jamoamiz uchun bir yillik reja
So'nggi 2-3 yilda O'zbekiston milliy jamoasining o'rtoqlik o'yinlari nisbatan ko'payib qoldi.
Har holda, mamlakatimiz bosh jamoasi FIFA tomonidan belgilangan 12-13ta alohida sananing kamida 9-10tasida rasmiy yoki o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushmoqda. Bu yoqimli holat, albatta. Bugun shu mavzuga chuqurroq yondashib, terma jamoamizning yillik rejasiga nazar tashlashga qaror qildik.
2015 yil endi boshlangan bo'lsa-da, terma jamoamiz mart oyiga belgilangan navbatdagi 2ta FIFA kuni uchun o'rtoqlik o'yinlarini naqd qilib qo'ydi. Bunda taklif kimdan chiqqanining ahamiyati yo'q. Muhimi, bosh jamoamiz 27 va 31 mart sanalari Janubiy Koreya va Yaponiya milliy termalariga qarshi 2ta muhim uchrashuv o'tkazadi. Ushbu bahslar iyun oyida boshlanadigan JCH-2018 va Osiyo kubogi-2019ning qo'shma saralash bosqichi ilk o'yinlari uchun tayyorgarlik vazifasini o'tashiga shubha yo'q. Har holda, O'zbekiston termasi uchun yangi cikl, yani 4 yillik davr boshlanmoqda. Demak, tarkib ham nisbatan yangilanishi, boshqatdan shakllantirilishi bor gap.
O'zbekiston futbol federaciyasi Terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov yaqinda 2ta narsani takidlab o'tdi:
1) Terma jamoamiz 2015 yili Toshkentda 4ta rasmiy o'yin o'tkazadi;
2) 2015 yildagi qolgan FIFA kunlari uchun saralash bosqichiga qura tashlanganidan keyin sparring-raqib tanlanadi.
Asqar Tolibjonov ushbu fikrlarini takidlab turib, xatoga yo'l qo'yganini takidlashimiz lozim. Zero, jamoamiz joriy yili Toshkentda 4ta emas, 2ta rasmiy o'yinda maydonga tushadi, xolos. Nahotki, TJM rahbari saralash bosqichining taqvim loyihasidan bexabar bo'lsa? O'zbekiston termasi qura jarayonida birinchi savatchadan joy oladi. Ushbu savatchada jami 8ta jamoa bo'ladi. To'g'ri, FIFAning navbatdagi reytingi 12 fevral kuni elon qilinadi, ammo www.football-rankings.info sayti jadvalning taxminiy variantini elon qilib ulgurdi. Unda jamoamiz OFK bo'yicha 6-o'rinni egallagan. Umuman, termamiz katta ehtimol bilan mart va aprel oyidagi reytinglarda ham kuchli sakkizlikdan tushib ketmaydi. Demak, 17 aprel kuni tashlanadigan qurada birinchi savatchadan joy olishi aniqroq. Taqvimga ko'ra, 1-savatchadan o'rin olgan jamoalar esa 3 sentyabr va 12 noyabr kunlari o'z maydonlarida raqiblarni qabul qilishadi. Bu - birinchisi.
Ikkinchidan, FIFAning qolgan kunlariga raqib tanlash uchun 17 apreldagi qura jarayonini kutish shart emas. Negaligini quyida tushuntirishga harakat qilamiz. Keling, avvalo JCH-2018 va OK-2019 qo'shma saralashining dastlabki guruh bosqichi taqvimi loyihasiga nazar tashlaylik.
1-tur. 11 iyun. 3 - 2; 5 - 4 (1 dam oladi)
2-tur. 16 iyun. 4 - 1; 5 - 3 (2 dam oladi)
3-tur. 3 sentyabr. 1 - 5; 2 - 4 (3 dam oladi)
4-tur. 8 sentyabr. 2 - 5; 3 - 1 (4 dam oladi)
5-tur. 8 oktyabr. 4 - 3; 2 - 1 (5 dam oladi)
6-tur. 13 oktyabr. 2 - 3; 4 - 5 (1 dam oladi)
7-tur. 12 noyabr. 1 - 4; 3 - 5 (2 dam oladi)
8-tur. 17 noyabr. 5 - 1; 4 - 2 (3 dam oladi)
9-tur. 2016 yil 24 mart. 5 - 2; 1 - 3 (4 dam oladi)
10-tur. 2016 yil 29 mart 3 - 4; 1 - 2 (5 dam oladi)
Bu erda 1, 2, 3, 4, 5 - tegishli savatchadagi jamoalar. Endi www.football-rankings.info keltirgan FIFAning yangi reytingi asosida Osiyo jamoalarini savatchalarga ajratib chiqamiz.
1-savatcha (1-8-o'rinlar): Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya, BAA, O'zbekiston, Xitoy, Ummon;
2-savatcha (9-16-o'rinlar): Iroq, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Qatar, Livan, Falastin, Quvayt;
3-savatcha (17-24-o'rinlar): Filippin, Vetnam, Maldiv orollari, Tojikiston, Myanma, Afg'oniston, Tailand, Turkmaniston;
4-savatcha (25-32-o'rinlar): Suriya, Qirg'iziston, KXDR, Malayziya, Singapur, Indoneziya, Gonkong, Laos;
5-savatcha: Guam, Bangladesh va 1-bosqichdan o'tadigan 6ta jamoa.
O'ylaymizki, ko'p narsa oydinlashdi. SHunga qaramay, bir boshdan ko'rib chiqamiz.
Iyun. Bu oyda 8-16-sanalar FIFA kunlari sifatida ajratilgan. Saralash o'yinlarining dastlabki 2ta tur o'yinlari esa 11 va 16 iyun kunlariga belgilangan. Terma jamoamiz 1-savatcha vakili sifatida dastlabki turda dam oladi. Keyingi turda esa jamoamiz 4-savatcha jamoasi mehmoni bo'ladi. Bu - mazkur savatchaning eng kuchli jamoasi Suriya, bizga so'nggi paytlar ko'p ro'baro' kelayotgan Gonkong, qo'shnimiz Qirg'iziston yoki boshqa terma bo'lishi mumkin. Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar, ushbu o'yindan oldin Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazganimiz maqul. Imkoni topilsa - 2ta! Boisi, yuqorida aytilganidek, FIFA kunlari 8 iyundan boshlanadi, rasmiy o'yinimiz esa 16-sanada. Aytaylik, 8 va 12 iyun kunlari Toshkentda 2ta o'yin o'tkazib, so'ngra safardagi uchrashuvga uchib ketishimizga hech narsa xalaqit bermaydi.
SHu joyda Terma jamoalar markaziga bitta oltin qoidani eslatib o'tamiz. Ushbu taqvimning shunday qulay tomoni borki, biz dam olgan turda 1-savatchaning qolgan jamoalari ham bo'sh bo'lishadi. Demak, o'sha kunlar uchun Osiyoning kuchli jamoalariga o'rtoqlik uchrashuvi xususida bemalol taklif yuborish mumkin! Ha, Janubiy Koreya va Yaponiya termalari bilan mart oyida o'ynaymiz. Lekin 1-savatchada Eron, Avs-traliya, BAA, Xitoy va Ummon kabi jamoalar ham bor-ku. Yanada aniqroq reja tuziladigan bo'lsa, 16 iyun kuni Qirg'izistonga keladigan jamoa (agarda quraga ko'ra, qo'shnimiz bizning guruhga tushmasa)ni 11-12 iyun kunlari Toshkentga taklif qilsak, u buni bajonidil qabul qilsa kerak. 7-8 iyun kunlariga esa Evropadan biror jamoani yurtimizga chaqirish mumkin.
Sentyabr. Bu oydagi FIFA kunlarida 2ta rasmiy o'yin o'tkazamiz. 3 sentyabr kuni 5-savatcha jamoasi bilan uyda, 8 sentyabrda esa 3-savatcha vakili bilan safarda kuch sinashamiz. Dastlab eng kuchsiz jamoani uyda qabul qilishimizni inobatga olsak, bu o'yin 8 sentyabrga belgilangan safar uchrashuvi uchun tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.
Oktyabr. Kuzning ikkinchi oyiga belgilangan FIFA kunlarida bitta rasmiy o'yin o'tkazamiz, ammo shu birgina bahs katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqroq aytsak, 8 oktyabr kuni 2-savatcha jamoasi maydoniga safar uyushtirsak, 13 oktyabr kungi FIFA sanasida dam olamiz. Guruhda 1-o'rinni olishimiz shartligini inobatga olsak, shu o'yinga jiddiy yondashish katta ahamiyatga ega. Bunda 2-savatchaning barcha jamoalari arablar (Iroq, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Qatar, Livan, Falastin, Quvayt) ekanini etibordan qochirmaslik zarur. Xullas, ushbu o'yindan oldin (FIFA kuni bo'lmasada) safarda bitta o'rtoqlik uchrashuvi tashkillash maqsadga muvofiq. PFL va TJM mutasaddilari 2015 yilgi taqvimni tuzish jarayonida mana shu holatga jiddiy etibor qaratishlari lozim. 13 oktyabr kuni uchun esa o'sha oltin qoida: 1-savatcha vakili (iloji bo'lsa, arab jamoasi, masalan - BAA) bilan o'yin o'tkazib qaytish imkoni bor.
Noyabr. Bu oydagi rasmiy o'yinlar nisbatan kuchsizroq raqiblarga qarshi kechadi. 12 noyabr kuni 4-savatcha jamoasini qabul qilib, 17 sanada 5-savatcha vakili mehmoni bo'lamiz. Umid qilamiz, bu o'yinlarda terma jamoamiz 6 ochko olishda aytarli muammoga duch kelmaydi.
2016 yil. Kelasi yil mart oyida 2ta hal qiluvchi o'yinni o'z maydonimizda o'tkazamiz. 24 va 29 mart kunlari tegishlicha 3 va 2-savatcha jamoalarini o'z maydonimizda qabul qilamiz. 2016 yilgi OCHL taqvimi hozircha tasdiqlanmaganligi bois, terma jamoamizga kelasi mavsumdagi o'rtoqlik o'yinlari bo'yicha taklif berish murakkabroq ish. Lekin so'nggi 2ta o'yinni o'z uyimizda o'tkazishimiz bizga ancha qulaylik yaratadi.
Yakunda alohida takidlash joiz, shu yilning mart oyida Janubiy Koreya va Yaponiya termalariga qarshi o'yinlarda imkon qadar yutqazmasligimiz kerak. Aks holda, FIFA reytingida pastlab, qura oldidan 2-savatchaga tushib ketishimiz ham hech gap emas.
Hozircha mana shular. Hammasi terma jamoaning bir yillik rejasini tuzishda bilish va ahamiyat qaratish shart bo'lgan oddiy qoidalar. Barchasi to'g'ri rejalashtirilsa, termamiz uchun zarur sharoitlar yaratilsa, FIFA kunlaridan unumli foydalansak, guruhda 1-o'rinni olib, hal qiluvchi bosqichga osonlikcha chiqishimiz mumkin. Hozirda so'nggi bosqich rejasini tuzish esa biroz qi-yinroq, sababi, unda dam olish kunlari bo'lmaydi. Umuman, ortiqcha bo'sh kunning o'zi yo'q. Xullas, muhim bahslarda o'rtoqlik o'yinlarisiz ishtirok etishimizga to'g'ri keladi. Bu haqda esa vaqti kelganida alohida to'xtalamiz.

Fikrlar