Terma jamoamiz o'yin oldi rasmiy mashg'ulotini o'tkazdi
30 mar 2015 18:07
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/167371_original.jpg)
![](/upload/storage/167371_220.jpg)
Terma jamoamiz o'yin oldi rasmiy mashg'ulotini o'tkazdi
Bugun Mirjalol Qosimov o'z shogirdlari bilan ertangi o'yinga mezbonlik qiluvchi "Ajinomoto" stadionida o'yin oldi rasmiy mashg'ulotlarini o'tkazdi.
Mirjalol Qosimov mashg'ulot oldidan bugungi kecha "aybdori" Lutfillo To'raevni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi.
Tarkibdagi barcha futbolchilar mashg'ulotlarda birdek ishtirok etdilar. Faqatgina "Krasnodar" bosh murabbiyining Mirjalol Qosimovga qilgan iltimosiga ko'ra Odil Ahmedov ortga qaytgan. Bugunga kelib jamoa safida jarohat olgan o'yinchilar ko'payib ketganligi bois, murabbiy Ahmedovni klubga qaytarishni so'rab murojaat qilgan.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar