So’nggi yangiliklar

00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  13 23:13Тер Штеген операция қилинади  0 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  2 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  3 19:33"Бавария" аъзоси трансфери яна кун тартибида – "Арсенал" чекинишни истамаяпти  0 19:10"Манчестер Юнайтед"ни кучлилар даврасига қайтарадиган 5 қадам. Қиммат ҳужумчилар — бошланиши  0 18:44Неймар фаолиятини Европа клубларидан бирида давом эттириши мумкин  1 18:16"Реал" Родри учун "Манчестер Сити"га 115 миллион евро таклиф қилмоқчи  10

Terma jamoa gvardiyachilari #4. Ignatiy Nesterov Yangiliklar

Terma jamoa gvardiyachilari #4. Ignatiy Nesterov

Haftaning juma kuni o'quvchilarimizga O'zbekiston milliy terma jamoasi safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar haqida malumot berib borishda davom etamiz.
Bugun O'zbekiston terma jamoasida o'yin o'tkazish bo'yicha to'rtinchi o'rinda turgan darvozabon Ignatiy Nesterov haqida malumotlar beramiz. “Bunyodkor” klubi safida bu yil O'zbekiston chempioni va kubogi sohibi bo'lgan posbon bugunga qadar 82 marta milliy terma jamoa tarkibida maydonga tushgan.

Nesterov 82ta o'yinning 74tasida to'liq o'ynagan. 5ta uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgan hamda o'yin davomida boshqa futbolchiga almashtirilgan. Yana 3ta holatda esa u murabbiylar tomonidan zaxiradan maydonga tushirilgan. Ignat milliy terma jamoa safida jami 7044 daqiqa harakat qilgan.



Ilk o'yini va sariq kartochkasi
Nesterov terma jamoadagi debyutini 2002 yilning 21 avgust kunida Ozarboyjonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida o'tkazgan. Uni terma jamoaga bosh murabbiy Ravshan Haydarov jalb qilgan. O'sha kuni darvozabon uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan va to'liq o'ynagan. Ozarboyjon o'sha o'yinda 2:0 hisobida g'alaba qozongan.

Ignatiy Nesterov 82ta o'yinda atiga bir marta ogohlantirish olgani qoyilmaqom natija sanaladi. Unga 2009 yil JCH-2010 saralashi doirasidagi Bahraynga qarshi o'yinda malayziyalik Mohd Solih Subhiddin tomonidan sariq kartochka ko'rsatilgan. 



Ishtirok etgan musobaqalari
Qahramonimiz Osiyo kubogi-2004, Osiyo kubogi-2007 va Osiyo kubogi-2011 saralashlari va final bosqichlarida ishtirok etgan. Yaqinda jamoamiz Osiyo kubogi-2015 yo'llanmasi ham qo'lga kiritganidan xabaringiz bor. Bundan tashqari Ignat JCH-2006, JCH-2010 va JCH-2014 saralashlarida ham maydonga tushgan. 2004 yili Xitoyda o'tgan Osiyo kubogida Nesterov terma jamoamiz safida 1ta uchrashuvida maydonga tushgan. O'sha musobaqada termamiz chorak finalda Bahraynga penaltilar seriyasida yutqazgan. Darvozabon Turkmanistonga qarshi bahsda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan. To'rtta mamlakatda tashkil qilingan Osiyo kubogi-2007da ham terma jamoamiz chorak finalda to'xtagan. Futbolchi bu musobaqaning uchta o'yinida to'liq o'ynagan. Nesterov faqat Eronga qarshi dastlabki turni o'tkazib yuborgan. O'sha chempionatning 3ta o'yinida atiga ikkita to'p o'tkazib yuborgan. So'nggi Osiyo kubogi Qatarda bo'lib o'tgani ko'pchilikni yodida. U erda terma jamoamiz o'z tarixida birinchi marta yarim finalga qadar etib bora olgan. Ignatiy Nesterov o'sha musobaqada terma jamoamiz safida 4ta o'yinda to'liq o'ynagan. Iordaniyaga qarshi kechgan chorak final o'yinida jarohat olib 61-daqiqada almashtirilgandi. Darvozabon 5ta o'yinda jami 7ta gol o'tkazib yuborgan.



Raqib terma jamoalar
Futbolchi 30ta davlat terma jamoalariga qarshi maydonga tushgan. Eng ko'p raqiblik qilgan jamoasi bu Janubiy Koreya hisoblanadi. Koreyslarga qarshi Ignatiy 7 marta maydonga tushgan. Keyingi o'rinda Qatar termasi bormoqda - 6ta (3ta gol o'tkazgan).



O'tkazib yuborgan gollari va penaltilar
Qarhamonimiz 82ta o'yinda 81ta gol o'tkazib yuborgan. Darvozabonimiz 37ta o'yinda o'z darvozasiga “qulf” solib qo'ygan. Nesterov uchun Saudiya Arabistoni terma jamoasi noqulay raqib sanaladi. Bu jamoaga qarshi kechgan 4ta o'yinda Ignat 10ta gol o'tkazib yuborgan. Nesterov Janubiy Koreya bilan bo'lib o'tgan 7ta o'yinda eng ko'p gol o'tkazib yuborgan - 16ta. Raqiblar bitta o'yinda eng ko'p bilan 4ta gol urishgan. Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan ikki o'yinda bunday holat qayd etilgan bo'lsa, koreyslar bir marta Nesterov darvozasiga to'rtta to'p kiritishgan

Qirg'iziston, Tojikiston, Xitoy Taypei, KXDRga qarshi uchtadan o'yinda Ignatiy Nesterov bironta gol o'tkazib yubormagan. Iroq, Tailand va Turkmaniston bilan bo'lib o'tgan o'yinlarda ham raqiblar darvozabonimiz qo'riqlagan darvozani ishg'ol qila olishmagan.

Ignatiy Nesterov darvozada turgan o'yinlarda hakamlar uning darvozasiga 7ta penalti belgilashgan. Biroq ularning hech birini posbonimiz qaytara olmagan. Singapur, Ozarboyjon, Avstraliya, Armaniston, Estoniya, Saudiya Arabistoni, Iordaniyaga qarshi o'yinlarda raqiblar penaltilarda gol urishgan.



Yillar
Geynrix 2002 yildan buyon terma jamoada munazam ravishda to'p tepib kelmoqda. Yani, oxirgi 10 yilning barchasida terma jamoa safida maydonga tushgan kam sonli futbolchilardan biri. Dastlabki yilda u 1ta o'yinda maydonga tushgan. Terma jamoamiz o'sha yili 2 ta o'yin o'tkazgan. Ignatiy 2002, 2005 va 2006 yillarda bitadan o'yin o'tkazgan. U 2007 yildan boshlab terma jamoamizning asosiy posboni bo'lishga erishdi. Eng ko'p o'ynagan yil 2011 yilga to'g'ri keladi. Sababi o'sha yil Osiyo kubogi 2011 musobaqasi, JCH-2014 saralashining dastlabki 3 ta bosqichi va o'rtoqlik uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Natijada Nesterov 15ta o'yinda qatnashdi. Darvozabon 2010 yilda terma jamoamiz o'tkazgan barcha 10ta o'yinda maydonga tushishga erishgan. Yakunlangan 2013 yilda termamiz 12ta uchrashuv o'tkazdi, posbonimiz esa shulardan 7tasida ishtirok etdi. Bunga uning yil o'rtasida olgan og'ir jarohati ham sabab bo'ldi.  




Ignatiy Nesterovning yubiley o'yinlari

#

Raqib

O'yin maqomi

Hisob

Sana

Daqiqasi

1

Ozarboyjon

O'rtoqlik

0:2

08.21.2002

90

25

Singapur

JCH-2010 saralashi

3:7

06.02.2008

90

50

Iordaniya

O'rtoqlik

2:2

01.02.2011

90

75

Eron

JCH-2014 saralashi

1:0

11.14.2012

90

80

Xitoy

O'rtoqlik

2:1

06.06.2013

90


Keyingi juma kuni Mirjalol Qosimov haqida malumot beramiz.

Narzulla Saydullaev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика