So’nggi yangiliklar

08:33Россия футболида катта можаро. Клуб раҳбари 15 йилга қамалиши мумкин  0 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ кутилмаганда имкониятни бой бериб қўйди  6 07:40Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  1 07:11Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Атлетико" муҳим ғалабани қўлга киритди  1 02:02КЖЧ. Лео Мессининг супер голи "Интер Майами"га иродали ғалаба тақдим қилди  22 01:50Ўзбекистон U-17 иккинчи ўртоқлик ўйинида Боливия U-17ни мағлуб қилди  22 01:03Женнаро Гаттузо: "Ҳозирги футболда Гаттузони майдонга туширмаган бўлардим"  2 00:33"Барселона" 7 футболчисидан қутулмоқчи  1 23:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. 40 дақиқа тўхтаб қолган ўйин якунига етди  1 23:34Акмал Рустамов: "Ёшларга ишонч билдиряпмиз"  0 23:22Максим Шацких: "Легионерлар нега кетишди? Улар менинг олдимга келишди, шунчаки жамоада ўйнамаслигини айтишди"  10 23:09КЖЧ. "Пальмейрас" - "Ал Аҳли" учрашуви тўхтатилди. Нега?  9 22:42Ҳаким Фузайлов: "Сўнгги ўйинимизни 3 кун олдин ўтказгандик, йигитларда чарчоқ аломатлари сезилди"  2 22:18"Рома" клубга "янги" спорт директори тайинланганини эълон қилди  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" муҳим учрашувда "Хоразм"ни мағлуб этди  10

Terma jamoa azosi. “Bunyodkor”chilarning musobaqa oldi fikrlari Yangiliklar

Terma jamoa azosi. “Bunyodkor”chilarning musobaqa oldi fikrlari

“Bunyodkor” futbol klubi tashkil topganiga hali 10 yil bo'lgani yo'q. Lekin shu qisqa vaqtda jamoalarimiz ko'plab musobaqalarda shoxsupalardan joy olishga muvaffaq bo'lishdi.
Eng muhimi, “qaldirg'ochlar”ning o'nlab azolari mamlakatimiz terma jamoalarida yurt sharafini munosib himoya qilishdi va hozirda ham bu yoqimli anana davom etib kelmoqda. Yanada aniqroq aytadigan bo'lsak, “Bunyodkor” futbol klubining eng asosiy vazifasi – barcha yoshdagi terma jamoalarga munosib o'yinchilar etkazib berish. Yaqinda Iordaniya yig'inidan qaytgan olimpiyachilarimiz safida Javlon Mirabdullaev va Timur Ayupov to'p surishgan bo'lsa, shu kunlarda Tailandda bo'lib o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida yosh “qaldirg'ochlar”dan Akrom Xo'jaev va Maruf Jumaev yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda. Ertaga 23 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston terma jamoasi Osiyo o'yinlarida ishtirok etish uchun Koreyaning Inchon shahriga jo'nab ketadi va tarkibdan klubimiz azolari Dilshod Jo'raev, Sardor Rashidov hamda Voxid SHodiev ham o'rin olishgan.

Biz terma jamoa azolari bilan yaqindan tanishtirib borish maqsadida “Terma jamoa azosi” ruknini tashkil etdik va unda bu sharafli nomga sazovar bo'lgan bunyodkorchilar bilan yaqindan tanishtirib boramiz. Bu rukn bilan muxlislar har haftada tanishib borishlari mumkin. Bugun esa biz Osiyo o'yinlariga jo'nab ketayotgan “qaldirg'ochlar” tilaklarini etiboringizga havola etamiz.

Sardor RASHIDOV (yarim himoyachi):
- Musobaqaga jiddiy hozirlik ko'rdik. Maqsadimiz O'zbekistonga bosh sovrin bilan qaytish. Orzuimiz ro'yobga chiqarish uchun faqat va faqat tinimsiz mehnat talab etiladi. Biz bunga biz tayyormiz. Musobaqa mobaynida chiroyli o'yin ko'rsatib, muxlislarimizni xursand qilamiz degan umiddaman.

Dilshod JO'RAEV (yarim himoyachi):
- 23 yoshgacha bo'lgan terma jamoada yaxshi futbolchilar jamlangan deb o'ylayman. O'ylashimcha, hammamiz hamjihatlikda harakat qilsak o'z maqsadimizga erishamiz. Bundan 20 yil oldin erishilgan yutuqni qaytarish uchun jiddiy bel bog'laganmiz. Osiyo o'yinlarini intizorlik bilan kutyapman. Bosh murabbiy menga imkon bersa bor mahoratimni ishga solib, O'zbekiston terma jamoasi sharafini munosib himoya qilishga tayyorman.

Vohid SHODIEV (hujumchi):
- Musobaqaga ketish arafasida Osiyo o'yinlariga borishim malum bo'ldi. Buning uchun menga ishonch bildirgan insonlarga minnatdorchilik bildiraman. O'z navbatida men ham o'z o'yinim bilan ushbu ishonchni oqlashga harakat qilaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика