Terma jamoasini o'zgartirgan futbolchilar va ularning keyingi taqdiri
27 mar 2022 23:09
Yangiliklar
Terma jamoasini o'zgartirgan futbolchilar va ularning keyingi taqdiri
Mamlakat sharafini xalqaro maydonda himoya qilish sharaf. Ammo har kim ham o'zi tug'ilgan yoki kelib chiqishi bilan bog'liq mamlakat jamoasida to'p tepmasligi mumkin. Keling, boshqa mamlakatni tanlagan futbolchilar va ularning keyingi taqdiri haqida to'xtalib o'tamiz.
Jek Grilish
O'ynashi mumkin edi: Irlandiya
Tanlagan: Angliya
Grilish Birmingemda tug'ilgan va o'sha erda voyaga etgan, ammo bobosi va buvisi orqali Irlandiyada tajriba orttirgan. Hatto Irlandiya U-21 jamoasida to'p tepgan. Biroq keyinchalik Angliya terma jamoasini tanladi.
Keyingi taqdiri qanday kechdi: Terma jamoani o'zgartirgandan so'ng u Angliya U-21 jamoasiga 2016 yil Tulondagi musobaqada g'olib chiqishida yordam berdi hamda bo'lajak yulduz kattalar terma jamoasidan chaqiruv bo'lishini to'rt yil kutdi. Bu kutish 2020 yil nihoyasiga etdi, o'zining ajoyib taassurotga ega o'yinlaridan so'ng, kapitan Jek nihoyat Angliya tarkibining ishonchli azosiga aylandi. U Evro-2020 turnirida Angliyaning finalga chiqishida "super o'rinbosar" rolini o'ynadi va bir qator o'yinlarda zaxiradan maydondan tushib, o'yinga burilish yasadi.
Per-Emerik Obameyang
O'ynashi mumkin edi: Franciya
Tanlagan: Gabon
Gabonlik ota va ispan onadan Franciyada tug'ilgan Obameyang voyaga etganida, unda ko'plab tanlovlar bor edi. U dastlab Franciya yoshlar tizimida paydo bo'ladi, biroq 2009 yilda Gabon variantini tanlaydi va shundan keyin ushbu jamoa libosida maydonga tushadi.
Keyingi taqdiri qanday kechdi: U o'z mamlakatiga Afrika Millatlar kubogining chorak finaliga chiqishida yordam berdi (terma jamoaning eng yaxshi natijasi) hamda hozirda jamoa sardori bo'lgan forvard 30 gol bilan Gabonning darcha davrlardagi eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.
Kalidu Kulibali
O'ynashi mumkin edi: Franciya
Tanlagan: Senegal
Kulibali Franciyada senegallik muhojirlar oilasida tug'ilgan hamda mamlakat yoshlar terma jamoasida 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida jahon chempionatida ishtirok etadi. Keyinchalik u Senegal variantini tanlaydi va kelajakda Senegal futbol tarixini yozishni istayotganini takidlaydi.
Keyingi taqdiri qanday kechdi: Jahon darajasidagi markaziy himoyachi sifatida Kulibali Senegal mudofaasining ustuniga aylandi hamda 2018 yilgi mundialni mardonavor tark etdi, 2019 yilgi Afrika Millatlar kubogining finaliga qadar etib bordi. Jazoirga qarshi hal qiluvchi bahsni Kulibali faqatgina kuzatishga majbur bo'ldi, chunki u sariq kartochkalari ko'payib ketgani bois diskvalifikaciya qilingandi. Kalidu hozirda sardorlik bog'ini o'ziniki qilgan va uning boshchiligida Senegal Afrika kubogi finalida Misrni penaltilar seriyada mag'lub etib, musobaqa chempioniga aylandi.
Ivan Rakitich
O'ynashi mumkin edi: SHveycariya
Tanlagan: Xorvatiya
Xorvat oilasidan bo'lgan Ivan Rakitich SHveycariyada tug'ildi va shu erda ulg'aydi. U Germaniyaga ko'chib o'tishdan ilgari SHveycariya futbolida paydo bo'ldi va keyinchalik La Ligaga o'rnashadi hamda u erda afsonaga aylanadi. Xorvatiya tanlovidan oldin SHveycariyaning bir nechta yosh toifasida harakat qildi.
Keyingi taqdiri qanday kechdi: Slaven Bilichning chaqirig'ini qabul qilganidan so'ng, Rakitich terma jamoaning ajralmas o'yinchisiga aylandi. U yarim himoyada Modrich bilan ajoyib juftlik hosil qildi va Xorvatiya bilan ko'plab muvaffaqiyatlarga erishdi, jumladan, 2018 yilgi jahon chempionati finaligacha tarixiy yurishni amalga oshirdi. Har holda, uning tanlovi to'g'ri bo'lgan.
Diego Kosta
O'ynashi mumkin edi: Braziliya
Tanlagan: Ispaniya
Diego Kosta mamlakat terma jamoasini surbetlarcha o'zgartirgan kamdan-kam futbolchilardan biri hisoblanadi. Kosta 2013 yilda Braziliya terma jamoasi sharafini ikki marta himoya qildi, ammo u jamoaning jahon chempionati uchun tanlangan tarkibiga kirmoqchi emasdi. SHu bois o'sha vaqtdagi amaldagi jahon chempioni Ispaniya 2007 yildan beri mamlakatda istiqomat qilib, to'p tepib kelayotgan futbolchiga chaqiruv yuborganida, u taklifni rad etmadi.
Keyingi taqdiri qanday kechdi: Kostaning Ispaniyadagi karerasi dahshatli tushga aylandi. U 2014 yilgi mundialga yarim tetik holatda etib keldi hamda guruh bosqichida qolib ketgan Ispaniyaning amaldagi jahon chempionlariga tekkan qarg'ishiga sherik bo'layotganini nochor kuzatishga majbur bo'ldi. Keyin u navbatdagi jahon chempionatiga qadar ko'zga ko'rinmadi. Bu turnirda u samarali harakat qildi, dastlabki ikki bahsda uchta gol urdi, biroq keyingi o'yini o'xshamadi va Ispaniyaning Rossiyaga alamli mag'lubiyatini yana kuzatishdan o'zga chorasi qolmadi.
Vilfrid Zaa
O'ynashi mumkin edi: Angliya
Tanlagan: Kot-d'Ivuar
Zaa Kot-d'Ivuarda tug'ilgan, ammo to'rt yoshida oilasi bilan Londonga ko'chib o'tgan, shu bois u ikkala terma jamoaga ham munosib edi. U dastlab Angliya futboliga qadam qo'ydi, hatto asosiy terma jamoa safida to'p tepishga muvaffaq bo'ldi. Biroq Kot-d'Ivuar 2017 yilda uni mamlakatga sadoqatli ekanligiga ishontirdi.
Keyingi taqdiri qanday kechdi: Garet Sautgeytni ranjitganiga qaramay, Zaa Kot-d'Ivuarni tanladi va jamoaning asosiy tarkibidan o'rin egalladi. U 2019 yilgi Afrika Millatlar kubogida ikki marta va 2021 yilgi musobaqada yana bir marta gol urganiga qaramay, ularni haligacha katta muvaffaqiyatga olib kela olmadi.
Kevin-Prins Boateng
O'ynashi mumkin edi: Germaniya
Tanlagan: Gana
Boateng Germaniyada tug'ilib-o'sgan, gana va germaniyalik ota-onaning farzandi hisoblanadi. U mamlakatning turli darajadagi yoshlar jamoasida harakat qilgan. Germaniya 2009 yilda 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida g'oliblik shohsupasiga ko'tariladi, biroq tungi klubga borgani uchun jamoadan chetlatiladi. Keyin Gana variantini afzal ko'rdi.
Keyingi taqdiri qanday kechdi: "Qora yulduzlar" azosi sifatida Boateng 2010 yilgi Jahon chempionatining chorak finaliga qadar etib bordi, shu jumladan 1/8 finalda AQSH darvozasiga ajoyib gol urdi. Keyin u terma jamoadagi faoliyatini yakunladi, faqatgina 2014 yilda keyingi jahon chempionatida yana termaga jalb etildi, ammo uning xatti-harakatlari yana bir bor boshida kaltak sinishiga olib keldi. Ikki o'yindan so'ng u qo'pol xulq-atvori uchun jamoadan haydaldi. O'shandan beri u Gana terma jamoasida o'ynamadi.
Jeffri Kondogbia
O'ynashi mumkin edi: Franciya
Tanlagan: Markaziy Afrika Respublikasi
Jeffri Kondogbianing ota-onasi Markaziy Afrika Respublikasidan, ammo yarim himoyachi Franciyada tug'ilib o'sgan. U Franciya terma jamoasida barcha yoshlar darajasida o'ynadi va hatto o'rtoqlik o'yinlarida bo'lsa ham, kattalar jamoasi sharafini himoya qildi. O'shandan beri Kondogbia hech qachon Franciya terma jamoasida o'ynashni istamasligini, balki faqat o'yinini oshirish uchun shunday yo'l tutganini malum qildi. U Markaziy Afrika Respublikasida o'ynashni xohlagandi va shunday qildi ham.
Keyingi taqdiri qanday kechdi: Kondogbia 2018 yilda sardor sifatida debyut qildi va jamoasi Kot-d'Ivuarga 4:0 hisobida mag'lub bo'ldi. Markaziy Afrika Respublikasi kuchli davlat emas va Kondogbianing debyutidan beri bor-yo'g'i ikki marta g'alaba qozongan.
Deyan Kulusevski
O'ynashi mumkin edi: SHimoliy Makedoniya
Tanlagan: SHveciya
Deyan Kulusevski Stokgolmda makedon oilasida tug'ilgan va hattoki U-17 jamoasi vakili bo'lgan, ammo "Tottenxem" vingeri keyinchalik SHveciya yoshlarida safida maydonga tushdi va hozirda ko'k-sariq rangli libosda harakat qiladi.
Keyingi taqdiri qanday kechdi: Kulusevski SHveciyada muntazam maydonga tushadigan iqtidorli futbolchi sanaladi va asosan Aleksandr Isak bilan birga millat kelajagi sifatida etirof etilmoqda. U 2021 yilning o'zida 12 ta o'yin o'tkazdi, Evro-2020'da faol ishtirok etdi hamda Polshaga qarshi o'yinda (3:2) ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Oqil Abdubarnoev tayyorladi
Fikrlar