So’nggi yangiliklar

08:08"Арсенал" билан шартнома имзолаш учун футболчи 5 клубга рад жавобини берди  0 07:45Суперлига. Бугун "Нефтчи" чемпионликни қўлга киритиши мумкин  5 01:50Гвардиола: "Чемпионлик учун ҳақиқий кураш энди бошланмоқда"  0 01:17Рубен Аморим: "Бизда ўсиш бор"  1 00:46Инглиз футболида қизиқ ҳолат: клуб бир ҳафта учун дарвозабон ижарага олди  2 00:26Луис Диас ЕЧЛда дисквалификация қилинди  3 00:09Артета ҳимоячисининг жароҳатига изоҳ берди  1 23:50Флик: "Нега Мессининг мураббийи бўлишни истамас эканман?"  1 23:30 Суперлига. "Андижон" – "Хоразм" 3:2   0 23:26БАА. "Бани Яс" "починни очди", "Дибба" пешқадамлардан биридан очко тортиб олди  0 23:10U-17 Жаҳон чемпионатида барча чорак финал якунланди ва ярим финал жуфтликлари аниқ бўлди  9 22:56Вадим Абрамов: "Бир қанча муаммолар бўлишини билардик, лекин муаммолар бунчалик кўп бўлишини кутмагандик"  5 22:38Баҳром Ҳайдаров: "Динамо" майдонида дуранг ўйнаш биз учун ғалабага тенг"  2 22:13Акмал Шораҳмедов: "Натижадан қониқдим, лекин ўйиндан эмас"  12 21:54"Милан" собиқ "қария"сини қайтармоқчи  2

Terma jamoa Toshkentda: Katanec ketib qoldi, Tursunov jarohat bilan qaytdi Yangiliklar

Terma jamoa Toshkentda: Katanec ketib qoldi, Tursunov jarohat bilan qaytdi

Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida Iordaniya poytaxti Amman shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil qilindi.

Yig'in davomida jamoamiz Malayziya (5:1) va Iordaniya (0:3) termalariga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga chiqdi. Bugun jamoamiz azolari yurtimizga qaytib kelishdi. Istanbul — Toshkent yo'nalishida harakatlangan uchoq mahalliy vaqt bilan 01:15 da Islom Karimov nomida xalqaro aeroportga kelib qo'ndi.

Ammandagi yig'inda ishtirok etgan 23 kishilik tarkibdan faqat 15 kishi Toshkentga qaytdi. Aeroportda qarshilashganimiz quyidagilar:

Darvozabonlar: Eldorbek Suyunov ("Paxtakor"), O'tkirbek Yusupov ("Navbahor"), Valijon Rahimov (AGMK)

Himoyachilar: Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Dilshod Saitov ("Nasaf"), Islom Qobilov ("Lokomotiv"), Abdulla Abdullaev ("Bunyodkor"), Doston Tursunov ("CHuncin", Xitoy), Husniddin Aliqulov ("Nasaf"), Farruh Sayfiev ("Paxtakor")

Yarim himoyachilar: Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor"), Azizbek Amonov ("Lokomotiv"), Oybek Bozorov ("Nasaf")

Hujumchi: Husayn Norchaev ("Nasaf")

Xabaringiz bor, Iordaniyaga olib ketilganlardan Jaloliddin Masharipov 10 oktyabr kuni "Al-Nassr"ning iltimosiga binoan Saudiya Arabistoniga qaytgan edi. SHuningdek, yig'in yakunida Rustam Ashurmatov (Janubiy Koreyaga), IbrohimHalil Yo'ldoshev (Rossiyaga), Otabek SHukurov (BAA), SHahboz Umarov (Belarus), Aziz G'aniev (BAA), Igor Sergeev (Qozog'izton) va Eldor SHomurodov (Italiya) kabi legionerlarimiz o'z jamoalari ixtiyoriga jo'nab ketishgani aytildi.

O'FA vakillarining saytimizga malum qilishicha, Srechko Katanec va uning murabbiylar guruhi o'z vataniga jo'nab ketgan. Sloveniyalik mutaxassisga ko'maklashayotgan Ravshan Haydarov Toshkentga qaytdi.

Iordaniyaga qarshi o'yinda safdan chiqqan Dostonbek Tursunovning jarohati jiddiyga o'xshaydi. Hamyurtimiz oqsoqlangani holda harakatlanyapti. U hozircha jarohati haqida gapirishni xohlamadi va barchasi MRT xulosasidan keyin oydinlashishini aytdi. SHuningdek, "Paxtakor" xavbeki Odil Hamrobekovning eski jarohati bezovta qila boshlagani aytilgandi. Saytimiz jamoasi va o'quvchilari nomidan har ikki futbolchiga salomatlik tilaymiz. Umid qilamizki, Doston va Odil tez orada safga qaytishadi.

foto: Jahongir Fayzullaev

Top-11. Katanecdan chaqiruv olmagan futbolchilar 

Muallif :
Reyting: -63   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика