Terma jamoa safida gol urish bo'yicha kimlar Ronaldudan tepada?
24 mar 2018 14:18
Yangiliklar
Terma jamoa safida gol urish bo'yicha kimlar Ronaldudan tepada?
"Real" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi kecha Misrga qarshi o'rtoqlik o'yinida dubl qayd etib, o'z jamoasiga g'alabani (2:1) taqdim etdi.
Portugaliyalik forvard ushbu bahsda milliy jamoadagi o'zining 80 va 81-gollarini urdi. Ayni damda Ronaldu terma jamoalarda gol urish bo'yicha barcha darvlarning to'purarlari reytingida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Undan tepada Eron terma jamoasi sobiq hujumchisi Ali Dai va vengriyalik Ferenc Pushkash bor.
1.Ali Dai - 109ta gol (149 ta o'yin)
2.Ferenc Pushkash - 84ta gol (85ta o'yin)
3.Krishtianu Ronaldu - 81ta gol (148ta o'yin)
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar