Terma jamoa lageridan: Sasha keldi, Mirzaev va Zoteevga esa javob berildi
21 mar 2016 22:03
Yangiliklar
Terma jamoa lageridan: Sasha keldi, Mirzaev va Zoteevga esa javob berildi
O'zbekiston terma jamoasi odatdagidek "Jar" stadionida Filippinga qarshi o'yin oldidan o'zining navbatdagi mashg'ulotini o'tkazdi.
Bugungi mashg'ulotlar oldidan Babayan "Loko" futbolchilari Oleg Zoteev hamda Sardor Mirzaevga javob berib yubordi. Aleksandr Geynrix esa terma jamoa lageriga kelib qo'shildi. "Nasaf" darvozaboni Eldorbek Suyunov ham kuni kecha bosh jamoamiz safini to'ldirgan edi.
Terma jamoamiz futbolchilari ko'tarinki kayfiyatda mashg'ulotlarda ishtirok etishdi. Tez orada uch nafar etakchi vakillarimiz: Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov va Sardor Rashidov terma jamoaga kelib qo'shiladi.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar