So’nggi yangiliklar

14:09Шерзод Эсанов "Акрон"ни тарк этди  1 13:48"Барселона" ёш футболчиси билан хайрлашадими?  0 13:15"Манчестер Сити"ни 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  1 12:46"Челси" Симонс билан музокараларда олдинга силжиди  0 12:25Баҳром Ҳайдаров: "Имкон қадар 10таликдан ўрин эгаллашга ҳаракат қиламиз"  0 11:54"Интер" асосий футболчиси "Реал" диққат марказида  0 11:26Виталий Денисов: "Файзуллаев топ-5 лигадаги клубга ўтади деб умид қилгандим"  9 10:53"Насаф" сардори легионерга айланишга яқин  15 10:25"Нефтчи" футболчиси "Қўқон-1912"га ўтиши мумкин  1 09:51"Насаф" колумбиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  7 09:18"Нефтчи" Жоэль Кожо учун қанча сарфлаши маълум  13 08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  2 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  3 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  1 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  2

"Biz uni topdik". Terma jamoa haqidagi maqolaga qo'shimcha Yangiliklar

"Biz uni topdik". Terma jamoa haqidagi maqolaga qo'shimcha

Jurnalist emasman, hayotda va futbolning ichida tajribam ham yo'q. Fikrlarimning barchasi shaxsiy va ko'p ehtimol bilan xato bo'lishi mumkin. Buni doim tan olganman, siz ham ortig'ini kutmang.

Tongda Championat.asia'da "Ikki qayiqning boshini tutgan cho'kib ketadi" mavzusida maqola elon qilindi


SHaxsan o'zimga Abramovning futboli yoqadi, haqiqatan ham chiroyli. O'ylashimcha, o'rtoqlik o'yinidagi natija unchalik muhim emas, g'alaba talab qilmaslik kerak. SHuning uchun o'yin yoki natijaga to'xtalmadim. Etiborimni boshqa jihat tortdi. 2018 yilgi mundial saralashida aynan shu muammo bizga pand berib qo'ygani uchun ham yozdim.

"Tezkor studiya" dasturining 5 noyabrdagi sonida SHahboz Beg'amov "Bunyodkor"da eng yaxshi taassurot qoldirayotgan Nurillo To'xtasinovning terma jamoaga chaqirilmaganini qoraladi. 13 noyabr kuni esa Tolibjon Qosimov Husniddin Aliqulov milliy jamoa libosida sinovdan o'tkazilishi mantiqiy qaror bo'lishini aytdi. Har ikki fikrda jon bor, ammo Iroq termasiga qarshi o'yinda "Nasaf" himoyachisiga 1 daqiqa ham o'yin amaliyoti berilmadi — Qobilov yana to'liq o'ynadi. Aynan shu qarorni noto'g'ri hisoblaganim uchun tonggi maqolani yozishga qaror qildim.

Material shunday so'zlar bilan yakunlangan edi:  "Sanjar Qodirqulov hamda Islomjon Qobilov "SOCCER CAREER AGENCY" xizmatidan foydalanadi (bu agentlikning tasischilari haqida hech qanday malumot topolmadik). Har 2 futbolchining "Bunyodkor" bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning 31 dekabrida yakuniga etadi va ularning legionerga aylanish ehtimoli yo'q emas. Bu bilan hech narsaga shama qilmoqchi emasmiz, shunchaki, fakt o'rnida qabul qilasiz".

SHundan keyin "SOCCER CAREER AGENCY" haqida malumot yig'ishga harakat qilib ko'rdik va uddaladik. Bizga malum bo'lishicha, ushbu agentlik rossiyalik Yuriy Belousga tegishli ekan. Malumot uchun, "Bunyodkor"ning sobiq yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinovning "Lokomotiv" (Moskva)ga o'tishini aynan shu kishi tashkillashtirgan.

Aytishlaricha, Vadim Abramov va Yuriy Belous o'rtasidagi munosabatlar anchagina iliq ekan. O'ylaymizki, hech qanday do'stlik yoki muhabbat mamlakatimizning bosh jamoasi manfaatlariga soya sololmaydi... 

Faxriddin Ro'ziev, O'zJOKU talabasi

Muallif :
Reyting: +72   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика