So’nggi yangiliklar

16:01Футзал бўйича жаҳон чемпионати ўйинларига чипта олмоқчи бўлганлар диққатига!  0 15:29"Барселона" ва "Бавария" юлдузларини алишиши мумкин  3 15:01Мавсум охирида шартномаси якунланадиган Артета "Арсенал" билан келишиб олди  1 14:27Нидерландия футзал терма жамоаси устози: "Ўзбекистоннинг мундиалгача бўлган барча тайёргарлик жараёнларини ўргандик"  1 13:57ПСЖ Мбаппега "Реал"дан ўринбосар топди  0 13:35Нидерландия терма жамоаси футзалчиси: "Ўзбекистон ва Нидерландиянинг даражаси деярли тенг"  0 13:05"Ал Ҳилол" "Барселона" вингери учун 100 млн евро таклиф қилган  0 12:45"Милан" ярим ҳимоячиси камида уч ойга сафдан чиқди  0 12:18Саудия Арабистонига бормаган Серхио Рамос фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин  1 12:00Ўзбекистон футзал терма жамоаси испаниялик мураббий қўл остида жаҳон чемпионатига қандай тайёргарлик кўрди?  1 11:15"Реал" сотилган абонементлар бўйича етакчи, "Барселона" эса...  3 10:46Жамал Мусиалага Европанинг тўртта ТОП клуби қизиқиш билдирмоқда  3 10:13"Манчестер Юнайтед" мавсумни катта зарар билан якунлаган. Жамоанинг қарзи ярим миллардга етиб қолди  2 09:35Англия терма жамоасини бошқариш учун асосий номзод маълум  3 09:01"Goal" ЖЧ-2026нинг топ-16 фаворитлари рейтингини тузди  17

Terma jamoa: CHiroyli boshlangan ish chiroyli yakun topishi kerak Yangiliklar

Terma jamoa: CHiroyli boshlangan ish chiroyli yakun topishi kerak

O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun o'z maydonida Bahraynni qabul qiladi.

SHu kuni bo'lib o'tadigan bahs JCH-2018 ikkinchi saralash bosqichidan o'rin olgan oxirgi o'yin bo'ladi. SHundan so'ng intiqlik bilan hal qiluvuchi bosqich uchun qura natijalarini kutamiz.

Samvel Babayan terma jamoa rulini qo'lga olgach, bungacha jami ettita o'yin o'tkazdi. SHundan oltitasi rasmiy va bittasi o'rtoqlik maqomiga ega. Muxlislarni xursand qiladigan jihati, terma jamoamiz mana shu o'yinlarning hammasida zafar quchdi. Bu esa futbolchilarning ruhiyatini ko'tarishi tabiiy hol. Esingizda bo'lsa, Babayanning yangi vazifasidagi ilk o'yini Yaman bilan bo'lgandi. Bosqim yuqori edi, chunki biz birinchi bahsni safarda KXDRga yutqazib qo'ygandik. Yamanga qarshi o'yin xuddi kechagidek yodimizda: yangi murabbiyning ilk uchrashuvi bo'lgani uchunmi hartugul juda qiyin kechgandi. Zaxiradan Aleksandr Geynrixning mayldonga tushirilishi va uning jarima to'pidan darvozaga gol urishi stadionni larzaga keltirgandi.



Futbolda birinchi o'yin har doim qiyin kechadi. Keyin esa barchasi iziga tushib ketdi. Safarda Filippin 5:1, Bahrayn 4:0, Yaman esa 3:1 hisobida dog'da qoldirildi. O'z maydonimizda KXDRni 3:1 natijasiga ko'ra mag'lub etdik. Va kuni kecha Filippin ustidan 1:0 bo'lsa ham g'alaba qozondik. Jahon chempionati saralash o'yinlarida natija hammasidan ham muhim rol o'ynaydi. CHunki terma jamoani jahon chempionatiga chiroyli o'yin emas, balki ochkolar olib chiqadi. Ehtimol, Filippin bilan kechgan bahs bazilarga yoqmagan, arang 1:0 yutganimiz kimlarnidir ranjitgan bo'lishi mumkin. Lekin muhimi bu emas, muhimi shuki, biz g'alaba qozondik va turnir jadvalida birinchi o'ringa ko'tarilib oldik.

Ammo shu o'rinda muxlislarni o'ylantirayotgan xavotir ham yo'q emas. Xususan, Samvel Babayanning ko'p hollarda "Paxtakor" futbolchilariga ishonib qolayotgani hal qiluvchi pand berib qo'ymasa bo'lgani. Qatarda o'tkazilgan U-22 Osiyo chempionatida ko'rdik, faqat bir jamoa vakillariga ishonib qolish qanday oqibatga olib kelishini. Natijada guruhdan chiqa olmagandik. Jahon chempionati saralash o'yinlari esa eng nufuzli musobaqalar sirasiga kiradi va bunda bitta xatoyam qimmatga tushishi mumkin. Bugungi kunda ko'pchilik aynan darvozabon borasida etiroz bildirmoqda. Negaki Aleksandr Lobanov terma jamoa tugul, o'z klubida ham ishonchli o'yin ko'rsata olmayapti.

Eronning "Persepolis" klubi tarkibiga borib qo'shilgan Lobanov dastlabki to'rt o'yinda sakkizta gol o'tkazib yubordi va oxirgi uch uchrashuvda zaxirada qoldi. "Persepolis"ning asosiy darvozaboni Susha Makoni safga qaytgach, Lobanov to'g'ri zaxiradan joy oldi. Bilamizki, Makoni kuchli darvozabon va buyog'iga Lobanovda asosiy tarkibga qaytish imkoni bo'lmasa ham kerak. Buning uchun Sasha ko'p va xo'p ter to'kishi lozim bo'ladi.



Bugun bo'ladigan Bahrayn bilan o'yin biz uchun muhim ahamiyatga ega. Safarda bu jamoani 4:0 hisobida mag'lub etganimiz bilan uydagi bellashuv boshqacha bo'ladi. Har holda Bahrayn o'z maydonidan ko'ra mehmonda birmuncha yaxshi harakat qiladigan jamoalar sirasiga kiradi. Va bu tomonlama ular bizga boshog'riq bo'lishlari mumkin. Fikrimizcha, saralashning mazkur bosqichidagi eng qiyin uchrashuvni aynan bugun kuni o'tkazamiz. Agar bu o'yinda ham uch ochko qo'lga kiritilsa, unda Samvel Babayanning rasmiy o'yinlarda terma jamoa bosh murabbiyi sifatidagi ketma-ket g'alabalari soni ettiga etadi va bu borada o'ziga xos rekordchiga aylanadi.

Maqolamiz sarlavhasini bejizga chiroyli boshlangan ish chiroyli yakun topishi kerak deb nomlamadik. Terma jamoa yangi murabbiy qo'l ostida mag'lubiyatsiz odim otib kelmoqda va Bahrayn bilan bo'ladigan bellashuvda ham davom etishini xohlaymiz. Sir emas, Bahrayn biz uchun juda noqulay raqiblar sirasiga kiradi. Ulardan Toshkentda ko'p bora pand eganmiz, ammo bu safar hammasi yaxshi bo'ladi degan umiddamiz. Samvel Vyacheslavovich maydonga kimni tushirmasin, yigitlar bor mahoratlarini ko'rsatgan holda yana bir g'alabani muxlislarga tuhfa etishsa ajab emas.

Xayrulla Xoliqov.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика